YANGILIKLAR

Japan Digital University top runners

Umid Hamdamov

Orzulari uchun oldingi saflarda astoydil mehnat qilayotgan JDU talabalari bilan tanishtiruvchi intervyu.

Bu safar Yaponiyaga amaliyotchi talaba sifatida kelgan Umid Hamdamov bilan tanishtirmoqchimiz.
Umid, “Yapon tilida notiqlik san’ati” ko’rik tanlovining yuqori o’rin sohibi. Shuningdek, kovorkda faoliyat yuritib, talaba bo’lishiga qaramay Yaponiya ish tizimi va korxonalari haqida ko’p bilimga egadir. Amaliyot davomida Yaponiya korxonasi tomonidan yuqori baholanib, bundan keying faoliyatida ham katta yutuqlar kutilayapti. Umidning til o’zlashtirish usullari va ijtimoiy qarashlariga e’tibor qaratib ko’rdik.

Intervyu suhbati, (⼤ 脇 啓 之) (Digital Knowledge Co., Ltd.)


Yapon tilini o’rganishining ilk sababi...



Hiroo Owaki: Yapon tilini o’rganishda dastlab nima sabab bo’ldi?

Umid Hamdamov : O’rta sinf paytidan Yaponiya kompyuteridan foydalanardim. Shuningdek, Yapon animesini ko’rardim.

Hiroo Owaki: Qaysi yapon animesini ko’rgansiz?

Umid Hamdamov:Aniq eslolmaymanku, lekin boshlang’ich sinfda paytlarda "Anpanman" nomli animeni juda yaxshi ko’rardim va qoldirmasdan ko’rardim.

Shuning uchun oila a’zolarim meni Anpanman deb chaqirishardi. (dedi kulib)

Hiroo Owaki:Til o’rganish talabalar uchun katta devor kabidir. Yapon tilini o’rganuvchilari uchun qanday o’rganish usuli samarali deb o’ylaysiz?

Umid Hamdamov:Yaponiya yangiliklari, yaponlarning nutqi kabilarni eshitib, qiziq tuyulgan so’zlarni, talaffuzini o’rganib, o’rgangan so’zlarni o’zi foydalansa samarali bo’ladi deb o’ylayman.

Hiroo Owaki: Yaponlarning nutqini eshtish deganda, nimani nazarda tutyapsiz, batafsil tushuntirib bera olasizmi?

Umid Hamdamov: Yaponiyaning mashhur bloggerlarining Youtube dagi videolarini ko’rishni nazarda tutyapman. Yusuke Narita, Hiroyuki, Horiemo va shu kabilarni larni ko’p ko’raman. Shuningdek, Yaponiya axborot agentligidan Taro Konolarning videolarini ham ko’rib turaman. Yaponiya IT sanoatida bundan keyin qanday
yo’nalishda ketishini bilish uchun yuqoridagilarni kuzataman.

Hiroo Owaki: Yuqorida aytib o’tilgan mashhur insonlarning ismiga qaraganda, sizning Yaponiya biznesiga qiziqishingiz borga oxshaydi.

Umid Hamdamov: Ha shunday. Hozirgina men aytgan Hiroyuki, Horiemolar Yaponiya va Amerika korxonalarining aksiyalariga egadirlar. Bu ikki davlatning qimmatli qog'ozlarining afzalliklari va kamchiliklarini, har bir mamlakatda qanday ijtimoiy harakatlar sodir bo'layotgani va narx-navolarning qanday o'zgarishini kutish mumkinligi kabi bashoratlarni tinglash orqali siz xalqaro jamiyatdagi tendentsiyalar haqida bilib olishingiz mumkin. Bundan tashqari, bloggerlarning yaponcha so'z va iboralarni qo'llash usuli juda noyob va mohirligi uchun yaxshi dars bo’ladi.


"JDU talabalari orasida, faqatgina men Respublika tanlovida muvaqqiyatsizlikka uchraganman"....(Umid Hamdamov)

Hiroo Owaki: Yapon tilini o’rganishda asosiy harakatlaringiz va eng katta sinov nima edi?

Umid Hamdamov: Men uchun yapon tilini o’rganishda eng katta sinov “Yapon tili notiqlik san’ati ko’rik tanlovi” da ishtirok etishdir.

Hiroo Owaki: “Yapon tili notiqlik san’ati ko’rik tanlovi” qanday ko’rik tanlov?

Umid Hamdamov: Bu JICA (Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi) kabi Yaponiya qo’llab-quvvatlayotgan keng miqyosdagi musobaqa. Avval JDU ning o’zida tanlov o’tkazilib, g’oliblar O’zbekiston miqyosida bo’lib o'tadigan ko’rik tanlovga chiqadilar va oxirida Respublika g'oliblari O’rta Osiyo bo’yicha tanlovda ishtirok etadilar.

Hiroo Owaki: Haqiqatda katta ko’rik tanlov ekan.

Umid Hamdamov: Ushbu ko’rik tanlov men uchun juda ham achinarli tajriba bo’ldi. Men JDU da bo’lib o’tgan ko’rik tanlovda 4-o’rinni egallab, Respublika miqyosiga chiqdim. Aytgandek, Respublika miqyosida 5 o’rin bo’lgan. 4-o’ringacha g’oliblar, O’rta Osiyo miqyosiga chiqa oladilar. Mendan boshqa JDU talabalari Respublika miqyosida 1,2,3-o’rinlarni egallab O’rta Osiyo ko’rik tanloviga yo’llanmani qo’lga kiritdilar. 5-orinni egallab, JDU talabalaridan faqatgina men O’rta Osiyo ko’rik tanloviga chiqa olmadim. (deydi kulib).

Hiroo Owaki: Rostan ham achinarli tajriba bo’libdi. Notiqlik san’atida qanday mavzuda nutq so’zlagandingiz?

Umid Hamdamov: JDU ning kovork darsida, Yaponiyaning Tsusoda ismli insondan o'rgangan, «Til o'rganishning o'rni», «jamoa bo'lib ishlashning muhimligi» kabilarni nutqimda so'zlaganman.

Hiroo Owaki: Batafsil aytib bera olasizmi?

Umid Hamdamov: Janob Tsunoda mendan kelajakdagi karyeramga bo’g’liq rejalarim haqida so‘radi. Men unga Yaponiyada muhandis yoki IT bilan bog'liq bo’lgan sohada ishlamoqchi ekanligimni aytdim. Janob Tsunoda: “Agar shunday bo'lsa, avvalo ITni yaxshilab o'rganishingiz kerak. Yapon tilini esa “o'yin” tariqasida tabiiy ravishda o'rganing.” – deb tushuntirdilar. Janob Tsunoda soha mutaxassisligi bo’yicha ishlash uchun soha mutaxassisligining bilim va ko'nikmalari muhim ekanligini ta'kidladi. Shuningdek, bizga “jamoaviy ish”ning ahamiyatini tushuntirib o’tdilar. Yaponiyaliklar jamoaviy mehnatga katta e’tibor qaratib ishlash uslubini afzal ko'radilar, men ham shunday ish uslubini tushunish fikridaman.

Hiroo Owaki: Har bir mamlakat va kompaniyada "jamoaviy ish" haqida fikrlar turli xil, lekin siz “Yaponcha jamoaviy ish” deganda nima tushunasiz?

Umid Hamdamov : Men hech qachon kompaniyada ishlamaganman, jamoaviy ishlash qanday ekanligini faqat kitoblarda o'qiganman va kovork darslarida tajribada bilganlarimni yetkazishga harakat qilaman. O‘zbekistonda Yevropa va Amerika kompaniyalari ta’sirida bo‘lgan korxonalar ko‘p. Shu sababli, tizimni ishlab chiqishda ham “Aigle” modeli qo’llanilish holatlari ko’p. Biroq, yapon kompaniyalari ko'pincha “Waterfall” modelini afzal ko'rishlarini ko’p eshitganman. “Agile” modeli bu har bir bayon qilingan natijalarni birin-ketin ishlab chiqib, to'plab beradigan tizim. Aksincha, “Waterfall” modelida hamma bilan muhokama qilib, maqsad va tasavvurlarni mustahkamlab, keyin hamma bilan reja tuzib, birgalikda barchasini birma-bir yakunlash ustida ishlaydi. “Waterfall” modelida rivojlanish, aigle modelidagi rivojlanishdan ko’ra hamkasblar o'rtasida ko’proq batafsil ma'lumot almashishni o’z ichiga oladi deb o’ylayman. Shaharlarning rivojlanishiga nazar tashlaydigan bo'lsak, O'zbekistonda faqat Toshkent va Samarqand kabi bir nechta rivojlanayotgan yirik shaharlar bor. Lekin, yaponiyaning Shahar markazidan uzoqda joylashgan viloyat bo’lishiga qaramasdan , umuman olganda rivojlangan joy taasurotini qoldiradi. Men, bu Yaponiyaning rejalashtirilgan tarzda "Waterfall" modelini bajarish usulini afzal ko'rishiga borib taqaladi deb o’ylayman.

JDU kovork darsi tajribasidan foydalangan holda tizimni ishlab chiqish bo'yicha direktor bo'lishni maqsad qilgan...

Hiroo Owaki: Kelajakda qanday kasb egasi bo’lib, qanday karyera qilmoqchisiz?

Umid Hamdamov: Men Yaponiyaning Digital Knowledge kompaniyasiga stajyor sifatida keldim. Men direktor* lavozimi borligini o’rgandim. Hozirda dasturchi sifatidagi tajribamdan foydalanib, direktor lavozimiga kirishni o‘ylayapman.

*Direktor - tizimni ishlab chiqish bilan tanish bo'lmagan mijozlar tomonidan aytilgan istaklarini tinglaydi, ularni aniq tizim dizaynlariga kiritadi, mijozlar va kompaniyalarning muhandislarga tushuntirish ishlarini olib boradi. Shuningdek, tizimni ishlab chiqish rejalashtirilgan tarzda davom etishini ta’minlash uchun ishlab chiquvchi jarayoni ustidan nazorat o’rnatadi.

Hiroo Owaki: Tizim ishlab chiqish bo‘yicha direktor faoliyatida ko‘pincha talab va shartlarni belgilashda tanish bo’lmagan yaponcha so‘zlar uchraydi. Yaponiyaliklar yapon tilida ishlasalar ham, bu ular uchun oson ish emas. Menimcha, bu katta qiyinchilik, lekin siz o'qishga e'tibor qaratayotgan narsangiz bormi? Katta sinov bo’ladi deb o’ylaymanku, lekin o’qishda e’tiborni qaratish kerak deb o’ylagan narsangiz bormi?

Umid Hamdamov: Universitet doirasidagi loyiha bo‘lgan JDU Systems’da tizimni ishlab chiqish bo‘yicha ko‘prik muhandisi sifatida tajriba orttiryapman. U yerda talab va shartlarni belgilash kabilarni, director vazifasiga juda o’xshash bo’lgan yozishmalarni yapon tilida olib boryapman. Bu tajriba bilan men direktor vazifalarini bajara olsam kerak deb o’ylayman.

Hiroo Owaki: Demak, JDU amaliy o‘quv dasturi sizga ish topish va kasb tanlashda, o’zingizdagi ishonchni orttiradi, shundaymi? Ingliz, yapon yoki o'zbek tillaridagi IT texnik kitoblardan qaysi birini o’qiysiz ?

Umid Hamdamov:Men allaqachon ish boshlaganim uchun, hozirda texnik kitoblarni o’qimayapman. Muammoga duch kelganimda, yapon tilida yozilgan texnologiyaga oid veb-maqolalarni o'qiyman. Ma’lumotlarning 90% yapon tilida.

Yapon tilini reja asosida o’rganmay, uni tabiiy ravishda kichik qadamlar bilan o'rganish.

Hiroo Owaki: Yapon tili talaffuzi va eshitish amaliy muloqotda muhimkuya, siz aynan qaysinisiga mashg‘ulotlarda alohida e’tibor berasiz? Yoki siz aytgan mashg’ultolar muddati allaqachon o’tib ketkanmi? (Umidning yapon tili juda ravon bo’lib, biron marta ham tutilib qolgani yo'q). (Interview savollariga ham yapon tilida to'liq javob berildi.)

Umid Hamdamov: Avvallari to’laqonli tushungan holda shu’g’ullangan paytlarim bo'lardi, ammo hozir bunday emas. To’g’rirog’i ko’proq yapon do’stlarim bilan suhbatlashishga harakat qilaman. O’rganish usullariga keladigan bo’lsak, men eng muhim deb o’ylaydigan narsam bu, qandaydir katta reja yoki norma tuzib, kuniga 100 tadan kerakli so’zlarni yodlash emas. Anglab yetgan holda, yapon tili, IT shuningdek, jamiyatga tegishli holatlarni o’ziga singidirishni o’ylayman. Bundan tshaqari, qiziq tuyilgan narsalarni qayd qilib olib albatta o’rganib chiqaman. Ba’zida 2-3 ta yangi narsa o’rgangan kunim ham bo’ladi. Lekin, shu aytgan kichiklarini to’plashni davom ettirib, oxirida katta bilim bo’ladi deb o’ylayman.

Hiroo Owaki: Bu fikrga janob Tsunodaning “Yapon tilini oʻyin orqali oʻrganing” degan tushuntirishdan so’ng kelaganga o’xshaysiz.

Umid Hamdamov: Ha,shunday. JDU da vaqt o’tkazganda ham, ustozlarim bilan gaplashganimda “Yaxshi gaplasha olmayapmanmikan?” deb o’zimga qayd qiib qo’yardim. Keyin, uyga qaytib, usha yetishmayotgandek tuyilgan joylarni o’qib o’rganardim. Shunday qilib,, ozgina-ozginadan , davomli , tabiiy ravishda salohiyatim oshib bordi. Lekin, yapon tilini o’rganayotgan paytim, O’zbekistonda yapon tili o’qituvchilarini saytlardan qidirb, faol muloqot olib borishga ham harakat qilganman.

Hiroo Owaki: JDU da yuqori darajadagi ko'rsatkichlarni saqlab qolish uchun qanday harakatlarni qilyapsiz?

Umid Hamdamov:Menimcha, hozir unchalik yaxshi baholarim yo’q. Lekin, har kuni shug’ullanyapman. Bu muhim deb o’ylayman va barchaga o'tmishdagi natijalarni o'ylamasdan, o'z kelajak rejalari yo'lida astoydil harakat qilishlarini maslahat beraman.

Hiroo Owaki: Bu, siz aytib o’tgan “reja tuzib, tezgina o’rganish” emas, har kuni kichik tajribalarni to’plash degani to’g’rimi.

Umid Hamdamov: Ha shunday. Yaponiya xabarlari, Yaponiyada muammo bo’layotgan holatlarni eshitish. U yerda albatta bilmaydigan grammatika yoki so’zlar uchraydi. Ularni ko’rib chiqb o’rganish. Yana, Yaponlar bilan suhbatlashib, ularning talaffuzlarini o’rganib, ularni yodlash. Usha aytgan kichik to’plamlar juda muhim.

Hiroo Owaki: Yaponiya madaniyati, biznesi, urf-odatlariga nisbatan qanday qilib ko’nikish hosil qilmoqchisiz? Yoki qandaydir havotirngiz bormi?

Umid Hamdamov: Yaponiyada halol oziq-ovqatlar kam. Bu, uyda bento tayyorlash deganidir. (deydi kulib). Faqat shugina katta muammo. Men, Yaponiyaning turli madaniyati, origami, shodosini juda yaxshi ko’raman. Ularni o’rganishni zavq bilan kutyapman.

Hiroo Owaki: O’qishdan tashqari biror to’garakka qatnashasizmi yoki hobbiyingiz bormi?

Umid Hamdamov : Tashkenda bo'lgan paytlarim, o'yin klublariga borardim, futbol o'ynardim. Tarixga aloqasi bo'lgan kitoblarni o'qishni yaxshi ko'raman. O'zbekiston tarixi, islom tarixi kabilarni o'qishni yaxshi ko'raman. O'zbek tilida yozilgan Yaponiya hikoyalarini ham o'qishni yaxshi ko'raman. Hozir Yaponiyaga kelggandagi Yaponiya bilan yozuvlarda tasvirlangan Yaponiyani ko'rish va taqqoslash juda ham qiziqarli. Yaponiyaning turli madaniyatlarini yaxshi ko'raman. Yaponiyada ishlash juda zavqli.

Hiroo Owaki: Kattakon rahmat. Suhbatimiz oxirida JDU ning talabalariga bir og'iz so'zingiz.

Umid Hamdamov: JDU hamda O'zbekistonning yuzi sifatida, Yaponiyada ishlab a'lo darajali xodim bo'lib O'zbekiston va Yaponiyaning rivojiga o'z hissamizni qo'shaylik!