YANGILIKLAR

"Yaponiya-O'zbekiston jamiyati notijorat tashkiloti"  JDU da

JDUga Yaponiyaning O'zbekistondagi sobiq favqulodda va muxtor elchisi, ayni paytda "Yaponiya-O'zbekiston jamiyati notijorat tashkiloti" raisi Fumihiko Kato va rais o'rinbosari Kazuhide Shigematsu tashrif buyurdi. Martabali mehmonlar JDU faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdilar, ayniqsa universitet bo'limlari va talabalar bilan suhbat qiziqarli bo'ldi. Ularga JDU rektori Ravshanbek Mamajonov, o'quv ishlari bo'yicha prorektor Yoko Watanabe hamda Digital Knowledge xodimi Chigusa Kobayashi hamroxlik qildilar.
Tashkilotning rais o'rinbosari Kazuhide Shigematsu JDUga tashrifi haqida shunday deydi:
O'zbekiston yoshlari bilan uchrashib juda ham ta'sirlandim. Talabalarning qisqa qilib, "Kelajakda Yaponiya kompaniyalarida ishlamoqchiman" -degan gaplarini eshitdim. Kelajakda O'zbekiston-Yaponiya jamiyati notijorat tashkiloti va shaxsan o'zim "Kelajakda JDU ga qanday yordam bera olamiz" degan savol haqida o'ylab, imkon qadar qo'llab quvvatlashda bo`lamiz.
🌐 "Yaponiya-O'zbekiston jamiyati notijorat tashkiloti" Yaponiya hamda O'zbekiston o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniya aloqalarni rivojlantirish uchun ta'sis etilgan tashkilot bo'lib, tashkil etilgan kundan boshlab hozirgacha ikki davlat fuqarolari uchun hamkorlikda ko'prik vazifasini o'tab kelmoqda.