JapanDigitalUniversity (JDU) talabalarimizning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirish, kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilab olishlariga yordam berish va ularni yanada ruhlantirish maqsadida yangi — "SenpaiTalk" loyihasiga start berdi!
➡️ Loyihamizning ilk mehmoni — JDUning faxrli bitiruvchisi, hozirda Yaponiyadagi nufuzli IT kompaniyada muhandis-dasturchi (Software Engineer) bo‘lib muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan BotirjonG‘anijonov.
Agar siz ham kelajakda Yaponiyada ishlashni va IT sohasida yetuk mutaxassis bo‘lishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, ushbu ochiq va samimiy suhbat aynan siz uchun!