Mana shunday suhbatlardan yana biri 24-iyun kuni bo'lib o'tdi. Unda IT sohasida o'zining o'tkir so'zlari, o'zgacha fikrlashlari orqali ko'pchilikka tanish bo'lgan, "SAP” savdo direktori, “Top-contact” va “Bookcafe” biznes loyihalari asoschisi Laziz Adhamov bilan talabalarimiz o'rtasida erkin suhbat bo'ldi
Suhbat to'laqonli ochiq, ko'tarinki tarzda bo'lib o'tdi. Talabalar o'zlarining barcha savollariga mehmon spiker tomonidan javoblarni olishdi. Ushbu suhbat avvalgilariga qaraganda eng esda qolarli suhbatlardan biri bo'ldi desak, adashmagan bo'lamiz.
Japan Digital University rahbariyati o'z bilimi, vaqtini ayamasdan mehmon bo'lib kelgan Laziz Adhamovga o'zining chuqur minnatdorchiligini izhor qiladi, bilim ulashishda doimiy kuch-quvvat yor bo'lishini tilab qoladi!