Yangiliklar

Yaponiyadan xushxabar! 2026-yil JDU bitiruvchilari uchun zafarli yil bo'lmoqda!

2026-07-02 11:05
🇯🇵 Yaponiyadan xushxabar! 2026-yil JDU bitiruvchilari uchun zafarli yil bo'lmoqda!

✈️ Kunchiqar yurtdan ajoyib yangiliklar bilan bo'lishishda davom etamiz! Xabaringiz bor, bu yilgi ko'plab bitiruvchilarimiz nufuzli yapon kompaniyalaridan kutilgan Job-offer (ish taklifi)ni qo'lga kiritishmoqda. Yil boshidan buyon 20 ga yaqin iqtidorli yoshlarimiz o'zlarining professional karyerasini boshlash uchun Yaponiyaga jo'nab ketishdi.
🇯🇵 JDU uchun talabaning universitetni bitirib, ishga joylashishi bilan missiya yakunlanmaydi. Bitiruvchilarimizning yapon jamiyatiga, o'ziga xos madaniyatiga va yangi ish muhitiga tezroq hamda oson moslashishlariga ko'maklashish maqsadida, universitetimiz tomonidan Yaponiyadagi talabalarimiz bilan doimiy uchrashuvlar o'tkazish go'zal an'anaga aylantirilgan.
🤝 Biz o'z talabalarimizni har qanday masofada qo'llab-quvvatlaymiz, chunki JDU — bu katta va ahil oila!