YANGILIKLAR

Universitetimiz yangi binoga ko'chib o'tdi.

Universitetimiz 27 iyun kuni Poytaxtimiz markazida joylashgan yangi, zamonaviy binoga ko‘chib o‘tdi, endigi o‘quv jarayonlari ushbu binoda olib boriladi. Yangi o‘quv binosi ochilish marosimi O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim vazirligi vakili, shuningdek hammamiz uchun qadrli, hurmatli bo‘lgan jamiyatimiz aʼzolari va Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Takashi Xatori janoblaridan tortib, bir qancha yapon kompaniya vakillari guvohligida bo‘lib o‘tdi.
Yaponiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Takashi Xatori janoblari o'z nutqida Yaponiya va O'zbekiston hamkorligini yangi bosqichga ko'tarilayotganini ushbu universitet erishayotgan yutuqlari misoli sifatida bemalol ayta olishini bildirib o'tdilar.
Ochilish marosimiga qimmatli vaqtini qizg‘anmasdan tashrif buyurib, biz uchun ishonch bildirib kelgusi ishlarimizga omad tilab qolgan aziz mehmonlarimizning barchasiga tashakkurimizni bildiramiz.