Yuqoridagi masalalarga eʼtibor qaratgan holda, universitetimiz tomonidan Yapon tilida notiqlik san'ati bo'yicha seminar tashkillashtirildi.
Tadbirda talabalarimiz turli xil mavzularni yapon tilida atroflicha o'z bilimlaridan kelib chiqqan holda yoritib berishdi. Notiqlikdagi bo'lib o'tgan xato, kamchiliklar bo'yicha malakali ustozlarimiz tomonidan kerakli tavsiyalar berib o'tildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, talabalarimizning yapon tilini bilish darajasini oshirish va shu orqali Yaponiya davlatida kerakli IT mutaxassisga aylanishini ta'minlashdan iborat.
Tadbir so'nggida universitet rahbariyati tomonidan faol qatnashgan talabalar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.