YANGILIKLAR

Japan Digital University'da tantanali kirish marosimi bo'lib o'tdi

Japan Digital University'da 1-oktabr kuni 1-kursga qabul qilingan talabalar hamda ularning ota-onalari bilan tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda talabalar va ularning ota-onalari uchun universitet jamoasi, hamkor universitetlar va nufuzli Yaponiyalik mehmonlar tomonidan nutq qilindi. Ular tomonidan universitetdagi o'quv jarayonlari, Yaponiyada yashash va ish faoliyati haqida kerakli ma'lumotlar berib o'tildi.
Tadbir davomida Universitet rektori Ravshanbek Mamajonov , JETRO vakolatxonasi, O’zbekiston Davlat Jahon tillari rahbariyati hamda Yaponiyadan jonli aloqaga chiqqan Vasiylik Kengashi raisi Haga Hiroaki'ning nutqlari kelganlarga yana ham o'zgacha kayfiyat va ko'tarinki ruh bag'ishladi.
Ushbu ochilish marosim kelganlar uchun juda iliq taassurotlar va unitilimas onlarga boy bo'ldi. Bu unutilmas lahzalar esa universitetimiz tarixidagi muhim voqealar sifatida fotolavhalarga muhrlab qo'yildi.
Shuningdek, Japan Digital University rektori Ravshanbek Mamajonov (https://t.me/ravshanbek_imomali) so'zga chiqdi.
O'z nutqi davomida rektorimiz talabalarning sifatli ta'lim olishi va Yaponiyada ishlash uchun yetuk mutaxassis bo'lishlari yo'lida kerakli sharoitlar yaratib berilishini qayd etib o'tdi. Eng asosiysi, talabalik davrida bilim olishga kuchli ishtiyoq va harakat talab etilishi ta'kidlandi.
Tadbir so'nggida JDU'ning barcha a'zolari o'zlarini yaqindan tanishitirib o'tdi hamda muvaffaqiyatli qabul qilingan talabalar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.