Kuni kecha Yaponiyaning "Noritsuisu" kompaniyasi bosh direktori Aoki Shogo va kompaniyaning O'zbekistondagi vakili Teramura Yuzuru Japan Digital University'ga tashrif buyurdi.
Universitetimizga tashrif davomida Aoki Shogo talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, o'quv qo'llanmalar bilan tanishdi. Dars jarayonlarida ishtirok etib, talabalarimiz bilan suhbat qildi.
Shuningdek, Aoki Shogo rektorimiz Ravshanbek Mamajonov bilan kelajakda universitet talabalarini kadr sifatida "Noritsuisu" kompaniyasiga ishga jalb qilish borasida hamkorlik o'rnatishga tayyorligini bildirdi.

📌 Ma'lumot uchun, "Noritsuisu" kompaniyasi1947-yildan buyon Yaponiya bozorida ofis mebel uskunalari sanoati bilan shug'ullanib kelayotgan yetakchi kompaniyasi hisoblanib, 2020-yildan O'zbekistonda o'z faoliyatini boshlagan.