Japan Digital University taʼsischisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2026-06-22 10:03
Japan Digital University taʼsischisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi direktori Abduvali Xoliqov Japan Digital University taʼsischisi boʻlgan Yaponiyaning raqamli taʼlim sohasidagi yetakchi kompaniyasi “Digital Knowledge Co., Ltd.” ijrochi direktori Xaga Xiroaki bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida raqamli taʼlimni rivojlantirish, axborot texnologiyalari sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, taʼlim sifatini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.