Yangiliklar

Nega Yaponiyada aholi soni kamayib bormoqda

Nega Yaponiyada aholi soni kamayib bormoqda ?

2024-yilda Yaponiyada 720 988 ta chaqaloq tug‘ildi — bu rekord darajadagi eng past ko‘rsatkich! Hozirda Yaponiya 125 millionga yaqin aholiga ega. Aholi kamayishiga qarshi choralar ko'rilmasa 2060-yilga borib bu ko'rsatkich 90 million kishiga tushishi tahmin qilinmoqda.

Bu qanday muammolarni keltirib chiqarishi mumkin ?

- Ishchi kuchi tanqisligi sabab mamlakat iqtisodiyotida pasayish
- Pensiya va tibbiyot tizimiga ortib borayotgan bosim
- Shahar va qishloqlarning bo‘shab qolishi

Nima uchun tug‘ilish kamaymoqda?

✔️ Yoshlarda oila qurish istagining pasayishi
✔️ Ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanat saqlashning qiyinligi
✔️ Farzand ta'lim-tarbiyasidagi xarajatlarining yuqoriligi

Yaponiya hukumati qanday choralar ko‘rmoqda?
✔️ Migratsiya siyosatini yumshatish – xorijlik ishchilarni ko‘proq jalb qilish
✔️ Oilaviy qo‘llab-quvvatlash dasturlari – bolali oilalar uchun moliyaviy yordamlarni kuchaytirish
✔️ Ish va shaxsiy hayot muvozanatini yaxshilash – uzoq ish soatlarini qisqartirish va moslashuvchan ish tartiblarini joriy etish

Sizningcha, bu muammoni qanday hal qilish mumkin?