2024-yilda Yaponiyada 720 988 ta chaqaloq tug‘ildi — bu rekord darajadagi eng past ko‘rsatkich! Hozirda Yaponiya 125 millionga yaqin aholiga ega. Aholi kamayishiga qarshi choralar ko'rilmasa 2060-yilga borib bu ko'rsatkich 90 million kishiga tushishi tahmin qilinmoqda.
Bu qanday muammolarni keltirib chiqarishi mumkin ?
- Ishchi kuchi tanqisligi sabab mamlakat iqtisodiyotida pasayish - Pensiya va tibbiyot tizimiga ortib borayotgan bosim - Shahar va qishloqlarning bo‘shab qolishi
Nima uchun tug‘ilish kamaymoqda?
✔️ Yoshlarda oila qurish istagining pasayishi ✔️ Ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanat saqlashning qiyinligi ✔️ Farzand ta'lim-tarbiyasidagi xarajatlarining yuqoriligi
Yaponiya hukumati qanday choralar ko‘rmoqda? ✔️ Migratsiya siyosatini yumshatish – xorijlik ishchilarni ko‘proq jalb qilish ✔️ Oilaviy qo‘llab-quvvatlash dasturlari – bolali oilalar uchun moliyaviy yordamlarni kuchaytirish ✔️ Ish va shaxsiy hayot muvozanatini yaxshilash – uzoq ish soatlarini qisqartirish va moslashuvchan ish tartiblarini joriy etish