YANGILIKLAR

JDU talabalari intervyusi 01 Riksiyev Komiljon

Maqolalar
JDU talabasi Riksiyev Komiljondan JDU haqida so'radik.

Nima uchun JDUni maqsad qilgansiz? JDUning e'tiborga loyiqligi nimada? 

Eng rivojlangan mamlakatlardan biri Yaponiya ta'limini olishni xohlaganman. Shuning uchun JDUda o'qishni maqsad qildim.

JDU talabasi bo'lib va  JDUda o'qib olgan ta'surotlaringiz?

JDU talabasi bo'lganimdan juda xursandman. Yaponiyaga bormasdan turib, onlayn tarzda darslar amalga oshirilmoqda. Darslar juda qiziqarli. Ayniqsa, o'zim qiziqqan soha, ya'ni IT sohasida ta'lim olayotganimdan juda xursandman.

Nimani o'rganib, keyin yo'lga qo'ymoqchisiz? 

Kelajakda Yaponiyada faoliyat yuritish orzuim bo'lganligi sababli, avval yapon tilini mukammal o'rganmoqchiman. Yaponiyada IT mutaxassisi sifatida tajriba orttirib IT rivojiga o'z hissamni qo'shmoqchiman.

Kelajakda Yaponiyada faoliyat yuritmochi bo'lgan maqsadingiz haqida gapirib bera olasizmi?

Maqsadim kelajakda Yaponiyaning nufuzli IT kompaniyalaridan birida ishlash. U yerda o'z malakamni yanada oshirib, IT sohasida yangi kashfiyotlar qilish.

Kelajakdagi orzuingiz haqida.

O'z yurtimda katta IT kompaniya tashkil etish va O'zbekistonni IT sohasi eng rivojlangan davlatlar qatoriga qo'shish. Insonlar hayotini yengil qiladigan, vaqtini tejaydigan va mushkulini onson qiladigan kashfiyotlar qilish orzuim bor.

Bundan keyingi JDUga kirishni xohlovchilarga maslahatlaringiz. 

JDUga kirishni xohlovchilarga maslahatim, bu yerga kirishdan avval o'z oldingizga katta maqsadlar qo'ying. Keyin esa, shu maqsadga erishish uchun qo'ldan kelgancha harakat qiling!