Yangiliklar

Yoshlar bilan samarali muloqot: Kelajakdagi imkoniyatlar

2026-02-27 19:26
Prezidentimizning yoshlar bilan bo`lib o`tgan muloqoti biz rektorlar uchun alohida chaqiriq va barcha yoshlar uchun katta motivatsiya bo`ldi.

Muloqotda yurtimizda so`nggi yillarda yoshlarimiz erishayotgan yutuqlar keng e`tirof etildi.
Shunday yoshlar qatorida JDU talabalari ham borligi butun universitet jamoasini hursand qildi. Zero, JDU ham davlatimiz rahbarining 2019 yilda Yaponiyaga tashriflari doirasida tashkil etishga kelishilib, faoliyat olib borayotgan universitetdir. Universitet bitiruvchilari Yaponiyada yuqori malakali kadr bo`lib ishlab, yurtimiz hizmatlar eksport salohiyatiga hissa qo`shayotgani davlatimiz rahbarining tashriflari qsiqa muddatda o`z mevasini berayotgani ham diqqatga sazovordir.

⚙️Uchrashuvda sport sohasiga ham alohida e`tibor berilib, yoshlarni sport bilan shugullanishlari uchun barcha shart sharoitlar yaratilayotganligi va jarayon izchil davom ettirilishi ham ta`kidlandi.

☕️ Prezidentimiz tomonidan yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, volontyorlik harakatlarini kengaytirish, kasb-hunar va zamonaviy bilimlarni egallash uchun yangi imkoniyatlar yaratish kabi muhim tashabbuslar ilgari surildi.

Yoshlar bandligi va yoshlar tadbirkorligini qo`llab quvvatlash bo`yicha katta mablag`larni ajratilishi biz univesitet jamoasini ham quvontirdi. Bu respoblikaning barcha yoshlari qatori JDU bitiruvchilari uchun ham yangi imkoniyatlar ochishi tabiiy.

🔖Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, bu uchrashuvda yoshlar va yoshlar bilan ishlaydigan taskilotlar uchun katta imkoniyatlar ochib berdi. Hususan, biz universitet jamoasi o`z talabalrimiz va jamiyatimiz yoshlarini kelgusida jamiyatda o`z o`rinlarin topa olsihlari uchun yanada kuchli mas`uliyat bilan ishlashimiz uchun motivatsiya oldik.