Niigataning “Tizimni ishlab chiqish” kompaniyasidagi amaliyot tajribasi
Japan Digital University (JDU) ning talabalari, Yaponiyadagi yarim yillik amaliyotlarini tamomlab olishdi. Bu dastur orqali, yapon ish joyi madaniyati bilan tanishtirish va haqiqiy biznes muhitida qimmatli tajriba orttirish maqsad qilingan.Talabalar nafaqat kasbiy mahoratini oshiribgina qolmay, yapon tili va odamlar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini mukammallashtirish vazifasini ham o‘z zimmalariga olishdi.
Quyida, amaliyot o’tab tajriba orttirgan talabalarimizni tanishtiramiz. Ulardan kasbiy mahoratini qanday oshirganligi va shaxsiy o'sishga erishganligi haqida tafsilotlarni eshitamiz.Ushbu tajriba ularga kelajakdagi karyeralarida o’sish uchun qanday yordam berishi mumkinligini bilib olamiz..
【Talaba bilan tanishuv】
Saidahror Botirov
Niigatadagi yarim yillik amaliyotni tugatgan. Amaliyot vaqtida, korxonalardan chiqayotgan CO2(karbonat angidrid) gazlarini vizual ko'rinishda ifodalovchi web sistema dasturlash loyihasida qatnashgan. Kelajakdagi maqsadi – Yaponiyadagi tajribasidan foydalanib, O‘zbekistonda IT-kompaniya ochish.
Ganijonov Botirjon
Niigata shahrida olti oylik amaliyotni tugatgan (Saidahror bilan bir xil kompaniya). U
Yaponiyada karyera qilishni maqsad qilgan Botir, 19 yoshida yapon tilini o‘rgana boshlagan.
Kelajakda menejer bo’lmoqchi va muloqot qobiliyatini ham oshirmoqda.
"Nima bo’lsa ham ketsam, mashaqqatli ishda tajriba orttiraman deb o’yladim"
Top runners tahririyat bo’limi (quyida,TR):
E’tiboringiz uchun oldindan rahmat.
TR:Sizlarni amaliyotga borishga undagan sabab nima?
Saidahror
Amaliy tajriba orttirib va rasmiy ish takliflarini olishda davom etishni o’ylayapman.
Niigatadagi yarim yillik amaliyot tugadi. Amaliyot vaqtida, korxonalardan chiqayotgan
CO2(karbonat angidrid) gazlarini vizual ko'rinishda ifodalovchi web sistema dasturlash
loyihasida qatnashdim.
Botirjon:
Ishonch bilan ishlashim uchun, haqiqiy ish faoliyatida qo’llaniladigan yapon tilini o’rganish
haqida o’yladim. Kelajakda men, boshqaruvchi (menejer)bo’lishni maqsad qilganman.
Shuning uchun, masalan, muammo chiqqan paytda, qaysi yapon tilini ishlatgan ma’qul va
shunga o’xshash holatlarni o’rganmoqchiman.
TR: Ikkingiz Nigatadagi "Tizimni ishlab chiqish" korxonasida amaliyot o’tash uchun joy sifatida tanlshingiz sababi
nimada?
Saidahror:
A korxona bu 40 nafar xodimi bor kichik korxonadir. Shuning uchun katta kompaniyaga
qaraganda ish hajmi yuqori ekanligini va ko'p narsalarni o'rganishim mumkin bo'lgan muhit
ekanligini sezdim. Ishga joylashtirish agentligidan boshqa takliflar bo'lgan edi, lekin bu faqat
qisman ish bo'lishidan xavotirda edim. Nima bo’lganda ham amaliyot o’tagani borsam, qiyin
ishda malaka ortitirishni o’yladim. (deydi kulib).
Bu kompaniyasini tanlaganimning asosiy sababi, dasturlash sohasidagi ishlarni bajarib, ish
joyida haqiqiy tajriba orttira olishim bo’ldi. Suhbat chog‘ida “Tizimni ishlab chiqish” kompaniyasining mas’ul
shaxsi menga “Siz ish joyida ko‘rsatmalarga muvofiq ishlash tajribasini orttira olasiz”, dedi. Bu ushbu kompaniyani tanlashda hal qiluvchi omil bo'ldi.Bundan tashqari, "Tizimni ishlab chiqish " kompaniyasi Niigatada joylashganligi sababli, uning tabiatini his qilish imkoniyati meni o’ziga jalb qilgan edi.
TR: Kompaniyada qanday ish tajribasini ottirdingiz?
Saidahror:
Biz ikkimiz korxonalardan chiqayotgan CO2(karbonat angidrid) gazlarini vizual ko'rinishda
ifodalovchi web sistema dasturlash loyihasida qatnashdik.Topshiriq boshida, yaponiyalik
yetakchi va vyetnamlik muhandis loyihani ishlab chiqish ustida ishlayotgan edi. Biz kelishimizdan oldin topshiriq
boshida, dasturning 50% qismi tugallangan edi. Va biz ikkimiz ham bu loyihaga qo’shildik.
Undan keyin vyetnamlik muhandis o’z yurtiga qaytdi, oxir oqibat bu loyiha 3 kishining loyihasi
bo’ldi.
Botirjon:
Dastlabki ikki oy davomida topshiriqlar kabilarning asosiy nazariyasi o’rganildi. Men,usha
paytdan asta-sekin ishga ko‘nikdim va oxiri parol o‘rnatish vazifasini o‘zim amalga oshirdim.
Tizimni loyihalash, ishlab chiqish va sinovdan o'tkazish kabi keng ko'lamli ishlarni amalga
oshirishga muvaffaq bo'ldim.
Saidahror:
Bir-ikki haftalik mashg'ulotdan so'ng, darhol to'liq ishlab chiqishga kirishdim. Dastlab biz
mahsulotni loyiha hujjatlariga muvofiq ishlab chiqdik, lekin mijozlarga ko'rsatganimizdan
so'ng, yangi talablar paydo bo'ldi. Shunga ko'ra, qo'shimcha ishlanmalarni davom ettirdik.
TR: Demak, bu loyihaning ishlab chiqilishi to'liq yakunlaganmagandi, shundaymi?
Saidahror:
Ha, shunday. Turli ishlab chiqish ko'rinishlari bor deb o'ylayman. Lekin, kompaniyamiz talablar
aniqlangandan so'ng mijozlarning so'rovlariga mos va to'g'ri keladigan javob berishga tayyor
edi.
Botirjon:
Shuning uchun, loyiha rejadagidan ko'proq vaqt oldi. Ishlab chiqish tugallangandan so'ng
loyiha hujjatlarini ham tartibga solib berdik.
"Eng ko'p o'rganganimiz-vaqtni rejalash va muloqot ko'nikmasi"
TR:"Zavodlardan chiqayotgan CO2(karbonat angidrid) gazlarini vizual ko'rinishda ifodalovchi
web sistema." deganda, qanday ish ko'zda tutiladi, batafsil aytib bera olasizmi?
Saidahror:
Soddalashtirib tushuntirishga harakat qilaman. Masalan, A korxona bor. Aytaylik, 10 ta
uskunasi bor. Bu uskunalarning "gaz chiqarish tezligi" va "faoliyat vaqti" ni qayd etib borilsa
zavodning umumiy CO2 (karbonat angidrid) gazlarining hajmini vizual ko'rish imkoniyati
bo'ladi.
TR: Tizimni tushunish qiyin bo'lganmi?
Saidahror:
Biz ishlab chiqishga kirishganimizda, allaqachon asosini tushunganimiz uchun, unchalik
qiyinchilik bo'lmadi. Lekin, ba'zi qismi qiyin bo'lgan.
TR: Qaysi qismi qiyin bo'lgan?
Saidahror:
Karbon(CO2) emissiyalari 3 ta skopga bo'linadi, va ular har xil usulda hisoblanadi.
Masalan 3-skop CO2 emissiyalarini hisoblash 1, 2 -skoplarning hisoblash usuliga asoslangan
holda amalga oshiriladi. Skop 1 va 2 ning hisobini amalga oshirish uchun umumiy bir
komponent tuzib chiqilgan. Bunday holatda, skop 3 ning hisobini amalga oshirish uchun
umumiy komponent (dastur bo'lagi)ni o'zgartirishga to'gri kelardi va buni skop 1,2
hisoblashlariga ta'sir o'tkazmagan holatda amalga oshirish biroz murakkabroq vazifa bo'ldi.
TR: Bosh qotirmaga o'xshar ekan (deydi kulib).
Saidahror:
Ha. Men uchun, bu safar ishdagi eng katta vazifa, ertalab ish boshlash vaqtida, bir kun
avvalgi ish mazmunini eslash bo'lgan. (deydi kulib) Har kuni ish tugaydigan vaqtda,
bajarayotgan ishingizni to'xtatishga majbur bo'lasiz. So'ngra, ertasi kuni ishni davom
ettirganimda, avvalgi kundagi ishlarimni eslash uchun biroz vaqt kerak bo'ldi.
Yapon yetakchilarimiz bilan birga ushbu muammoni hal qilishni muhokama qildik va kun oxirida
ertaga nima qilishimiz kerakligini qayd qilib qo'yadigan bo'ldik. Ushbu chora ertangi kunning
ishini muammosiz boshlash imkonini berib,umumiy samaradorlikni oshirdi.
TR: Bu galgi amaliyotda o'rgangan eng katta narsangiz nima bo'ldi?
Saidahror:
Vaqtni rejalash va muloqot ko'nikmalari. Yaxshi muloqot ko'nikmasi bu, shunchaki ko'rsatmalar olish va ishni bajarish emasligini tushundim. Vazifani faollik bilan tekshirib qabul qilib, va undan keyin taklif berish muhim ekan.
Botirjon:
Men o'zimda "eshitish ko'nikmasi" oshganligini sezdim. Haqiqatdan ish joyiga kirib ko'rish orqali, suhbatdoshimning iltimos va muammolarini to'g'ri tushunish kerak ekanligini chin dildan his qildim.
TR: Bu safargi amaliyotning tajribasi, kelajakdagi karyera rejalaringizga ta'sirini o'tkazdimi?
Botirjon:
Men, bu safargi amaliyotda, dasturlashga bo'lgan qiziqishim juda ham oshdi.
TR: Buni qanday tushunsak bo'ladi.
Botirjon:
Men avvallari boshqaruvga e'tibor qaratardim. Dasturlash haqida, shunchaki men boshqarishda ishlab chiqadigan loyihani tushunish uchun kerak bo'ladi deb o'rganmoqchi bo'ldim. Lekin, ushbu sohada dasturlash ustida ishlaganimda, dasturlarni yaxshilash va xatolarni tuzatish menga qiziqarli tuyuldi. Texnik muammolarga yechim topish ustida ishlashdan mamnun bo'ldim.. Yanada ko'proq o'rganish niyatidaman.
"Yaponiya hammomlarining tizimini tushunish qiyin bo’ldi?"
TR: Nigatadagi taasurotlarga boy epizod bormi?
Saidahror:
Amaliyot davrida men Botir bilan bir xonadonda yashadim. O’zim uchun ovqat tayyorlash
bilan bir qatorda turli xil yapon masalliqlari, ovqatlanish madaniyatiga yaqin bo’lish
imkoniyatiga ega bo'ldim. Udon, kare, soba va oyakodon kabi turli xil taomlarni tayyorlab ko’rdim.
Faqat halol taomlar mumkinligi sababli yapon taomlarining hammasini iste'mol qila olmadim,
ammo soba sho'rvasining ta'mi menga juda yoqdi. Oyakodon tayyorlashda ham soba
sho’rvasidan foydalansa bo’ladi (deydi kulib). Juda qulay.
Botirjon:
Men uchun unutilmas voqea hammomdan qanday foydalanishni bilmaslik edi. Hammomda
qizil jo'mrak va ko'k jo'mrak bor edi. Biroq, qizil jo'mrakni burasam ham, issiq suv chiqmadi.
Hammomdagi gaz uskunalari buzilgan deb o'yladim. Shunday qilib, men ikki kun davomida
oshxonada suv qaynatib, hammomda usha qaynatilgan suvdan foydalandim. Biroq, mening
kvartiramdagi hammom sensorli panelning o’chirib-yoqish tugmasi (vklyuchatel’) bor ekan.
Agar siz ushbu kalitni bossangiz va qizil jo'mrakni yoqsangiz, issiq suv chiqadi. Agar usha
tugma (vklyuchatel’) bosilib, qizil jo’mrakni burasa issiq suv chiqadigan tizim ekan. Yaponiya
hammomi tizimi murakkab ekan. (deydi kulib).
TR: Nigata hayot tarzi qiziqarliga o’xshaydi?
Saidahror:
Ko'p qiziqarli voqealar sodir bo’lgan. Menga snoubordda uchish ham yoqardi. Mahalliy
ko‘ngillilar tomonidan olib boriladigan yapon tili kursida ham qatnashdim. U yerda har hafta
boshqa mamlakatlardan kelgan xorijlik ishchi xodimlar bilan muloqot qilish imkoniga ega
bo‘ldim. Birga sushi tayyorlagan ziyofatlar ham maroqli o’tdi.
Botirjon:
Men avvalari voleybol o’ynardim. Shuning uchun, Nigatadagi amaliyotda ham, usha yerdagi
komandaga qo’shilib, har hafta, yaponlar bilan voleybol o’ynardik. Shu orqali ham yapon tilini
chuqurroq o’rganish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Agar o’zingiz qiziqqan narsa bilan
shug’ullansangiz, qiyin bo’lsa ham maroq bilan o’rgansa bo’ladi. Ahror bilan birga yashash
ham men uchun katta tajriba bo’ldi. O’zbekistonda o’z oilam bilan birga yashayman-ku lekin,
“Boshqalarning fikrini inobatga olib yashash ” degan tushuncha bo’lmagan. Lekin, 2 kishi
birga yashashi, masalan, tunda oila a’zolaringizga telefon qilsangiz e’tiborli bo’lishingiz
kerak. Noqulay va asabiylashish holatlari ham bo’ldi. Lekin, Ahror dasturlash bo’yicha
yetarlicha qobilyatli bo’lganligi uchun, undan ishimga tegishli turli maslahatlar olar edim.Agar,
bir o’zim yashaganimda, yolg’izlik ko’proq noqulaylik yartishi mumkun edi. Ahrorga chin
ko’ngildan minnatdorchilik bildiraman.
TR: Suhbatimiz so’ngida, JDU ning talabalariga maslahatingiz!
Saidahror:
Niigata aholisi juda samimiy va mehribon, bu uni madaniyatlararo almashinuv uchun
mukammal muhitga aylantirdi. Amaliyotga borganingizda, ilg'or dasturlash ko'nikmalari va
yapon tilini bilishingiz kerak. Ikkalasini ham yaxshilab o’rganing.
Botirjon:
Men ham amaliyotga kelishdan oldin dasturlashni ko'proq o'rganishim kerakligini tushundim.
Ish joyida faoliyat yuritish oson emas edi va men yapon yetakchilarimdan turli ko'rsatmalar
oldim. Niigataning tabiat go'zalligi va toza havosi juda yoqimli edi. Bundan tashqari, narxlar
nisbatan arzon va u yerda yashash osonligi ham diqqatga sazovordir. Ushbu amaliyot
davomida men juda ko'p va turli narsalarni boshdan kechirishga muvaffaq bo'ldim.
TR: Sizga katta rahmat.