Yangiliklar

JDU va EPAM hamkorligida: AI kelajagi bo'yicha interaktiv sud

2026-05-18 09:43



JDU va EPAM hamkorligida: AI kelajagi bo'yicha interaktiv sud

Japan Digital University'da ingliz tilida “AI on the Trial: The Compliance Dilemma of 2035” nomli amaliy tadbir bo'lib o'tdi.

Talabalarimiz qiziqarli ssenariy asosida 2035-yilga xayolan sayohat qilib, sun'iy intellekt xatosi tufayli yuzaga kelgan muammo bo'yicha o'tkazilgan "sud ishi"da hakamlar hay’ati vazifasini bajarishdi. Ikkita brendning ma'lumotlari aralashib ketgani bo'yicha kompaniya taqdirini aynan talabalar hal qilishdi!



Natijada talabalar:

🔹Kiberxavfsizlik va intellektual mulk himoyasi bo'yicha bilimlarini mustahkamlashdi;

🔹 Tanqidiy fikrlash va keys-stadi usulida ishlashni mashq qilishdi;

🔹 EPAM mutaxassislari bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

🌏 JDU — nazariya va amaliyotni birlashtiruvchi zamonaviy ta'lim maskani!

Universitetga kirish uchun qabul davom etmoqda!