YANGILIKLAR

Yaponiyada ishlab, tajriba orttirmoqchi yoki o‘qish istagida bo‘lgan qiz-ayollar

Maqolalar
Yaponiyada ishlab, tajriba orttirmoqchi yoki o‘qish istagida bo‘lgan qiz-ayollar oramizda talaygina ammo ularning ko‘pchiligini o‘zga davlatda qanchalik xavfsiz yashash mumkinligi haqidagi savollar o‘yga toldiradi. Bu galgi postimiz orqali ushbu masalaga atroflicha oydinlik kiritib o‘tamiz.

Yaponiya mamlakati talonchilik, o‘g‘irlik va qoidabuzarlik kabi holatlar bo‘yicha dunyodagi rivojlangan mamlakatlar ichida eng past ko‘rsatkichni ko‘rsatib turibdi va ushbu ko‘rsatkich yildan yilga pasayib bormoqda. Misol uchun, Yaponiyada, AQSH va Yevropa Davlatlaridan yuqoridagi ko‘rsatkichlar sodir etilishi bo‘yicha 30 marotaba past ekanligi qayd etilgan.

Madaniy jihatdan diqqatga sazovor joylar, shahar markazlari, gavjum savdo ko‘chalari va tez-tez foydalaniladigan jamoat transporti bekatlari yaxshi yoritilgan. Har bir shaharda va hatto, har bir kichik shaharchada mamlakat bo‘ylab tarqalgan ko‘plab kichik "koban" (politsiya) stansiyalari mavjud. Yo‘qotilgan yoki topib olingan narsalar ham ushbu politsiya stansiyalariga tez-tez topshirib turiladi.

Kunning tig‘iz paytlarida metrodagi gavjumlik va undagi sodir etilishi mumkin bo‘ladigan jinoyatlarni oldini olish maqsadida, Yaponiya metrolarida ingliz tilida yozilgan "Women Only" yaʼni "faqat ayollar" uchun deb yozilgan vagonlar mavjud bo‘lib, unga faqat ayol-qizlar chiqishi mumkin bo‘ladi. Bu orqali ayollar manzillariga havfsiz yetib borishlari taʼminlanadi.