Bugun Japan Digital University ta'sischi kompaniyasi — "Digital Knowledge" tashabbusi bilan Yaponiyada mehnat faoliyatini olib borayotgan bitiruvchilarimiz uchun Tokiodagi nufuzli "Imperial Hotel" mehmonxonasida maxsus kechki ovqat tashkil etildi.
Ushbu uchrashuvda bugungi kunda Yaponiyadagi yirik kompaniyalarda o'z o'rnini topgan va muvaffaqiyatli ishlayotgan bir qancha sobiq talabalarimiz diydor ko'rishishdi. Uchrashuvda DK kompaniyasi vakillari yoshlarni diqqat bilan tinglab, o'zlarining tajribalari bilan o'rtoqlashishdi.
Eng muhimi — kompaniya rahbariyati JDU o'z talabalarini bitiruvdan keyin ham hech qachon yolg'iz qoldirmasligini, Yaponiyada ularni doimo eshitishga, har qanday vaziyatda amaliy ko'mak berishga va qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanligini alohida ta'kidladi.
JDU — bu faqatgina oliygoh emas, u siz uchun butun umrlik katta oiladir. Biz o'z bitiruvchilarimiz bilan faxrlanamiz va kelgusi ishlariga zafarlar tilaymiz!
📍 Imperial Hotel, Tokio
JDU — bu faqatgina oliygoh emas, u siz uchun butun umrlik katta oiladir. Biz o'z bitiruvchilarimiz bilan faxrlanamiz va kelgusi ishlariga zafarlar tilaymiz!
📍 Imperial Hotel, Tokio