Yaponiya nafaqat o'zining iqtisodiyoti, balki o'zgacha madaniyati, milliy urf-odat va miliy bayramlari bilan ham dunyoga mashhur.
Qish faslida aholi ko'chalarda sayr qilish uchun turli parklarda illuminatsialar festivali o'tkaziladi. Ular orasida eng mashhuri "Kobe ruminare" bo'lib, ushbu festival 1995-yildan buyon o'tkaziladi. Unda 200mingdan ortiq chiroqlar ishlatilib, har yili o'rtacha 5mln aholi tashrif buyuradi.
Yana bir jozibador festivallardan biri Yaponiyaning qorli hududida o'tkaziladigan "Sapporo muz festivali" hisoblanadi. Ushbu festival haqiqiy qishning timsoli bo'lib, shahar ko'chalarda 100dan ortiq muzdan haykallar yasaladi.
Sizga ham yapon madaniyati, urf-odat va bayramlari qiziq bo'lsa biz tayyorlab borayotgan lavhalarni kuzatishda davom eting.
Sizga ham yapon madaniyati, urf-odat va bayramlari qiziq bo'lsa biz tayyorlab borayotgan lavhalarni kuzatishda davom eting.