YANGILIKLAR

Japan Digital University talabalari 30-marotaba o'tkazilayotgan "Yapon tili notiqlik san'ati" ko'rik tanlovi respublika bosqichida ishtirok etdilar va maxsus mukofot bilan taqdirlandilar

Japan Digital University Yaponiya taʼlim tizimi asosida faoliyat olib boruvchi universitet ekanligidan xabaringiz bor. Iqtidorli talabalar Yaponiyaga ishga jo‘natilishlari kabi afzalliklar mavjudligini inobatga oladigan bo‘lsak, Yapon tilini bilish darajasi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Yaqinda universitetimizda ham ayni notiqlik san'ati bo'yicha talabalarimiz orasida bellashuv tashkil qilgan edik. Musobaqada talabalar universitetda yapon tili bo'yicha o'rgangan bilimlarini yana bir bor mustahkamlashga ulgurishgan edi.

bu kunlar universitetimizda xursandchilik kunlaridan biri, sababi universitetimizning 2 talabasi, Muhamedova E'zoza va Holmatova Madinabonu'lar ilk bor Japan Digital University nomidan 30-bor o’tkazilayotgan "Yapon tili notiqlik san'ati" ko'rik tanlovi respublika bosqichida ishtirok etishdi.


Eng quvonarli jihati, universitetimiz tarixida ilk bor bunday ko'rik tanlovda qatnashishiga qaramay talabamiz ushbu tanlovda maxsus mukofot bilan taqdirlandi.

Ayni paytda universitetimizda 2-kursda tahsil olib kelayotgan Xolmatova Madinabonu "Uch tola soch" mavzusidagi nutqida hakamlar tomonidan eng ravon, tushunarli nutq egasi deb topilib maxsus mukofot sohibasiga aylandi.

Japan Digital University tashkil etilganligiga endigina 2 yil bo'lganiga qaramay, talabalarga Yapon tili darslari chuqurlashtirilgan holatda o'tilishi yuqoridagi yangilikdan ham ma'lumdir.

 Madinabonu Xolmatovani ushbu yutuq bilan jamoamiz nomidan muborakbod etgan holda, kelajakda ham katta marralarni zabt etishlarining tilakdoshimiz.