YANGILIKLAR

JDU va O'zDJTU rasmiy vakillari tashkiloti Yaponiyaning Kyoto Tachibana Universitetiga tashrif buyurdi

JDU vasiylik kengashi raisi Haga Hiroaki va "double degree" diplom bo'yicha hamkor bo'lgan O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetining rektori, yapon tili kafedrasi mudiri bilan birgalikda, Kyoto shahridagi 120 yillik tarixga ega Kyoto Tachibana universitetiga tashrif buyurishdi.

Mehmonlar universitet prezidenti Eiko Xibino va universitet rasmiy vakillari tomonidan kutib olindi va do'stona uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida O'zbekistondagi davlat va xususiy universtitetlarining istiqbollari, Japan Digital University hamda Kyoto Tachibana universiteti bilan hamkorlik hamda yapon oliygohi vakillari tomonidan tashrif masalalari ham muhokama qilindi.

Tashrif so'nggida universitet rektori JDU talabalariga muvaffaqiyatlar tiladi.