Talaba JDU'ga tavsiya etilganidan so'ng 6 oy davomida yapon tili N3 daraja olish maqsadida, yarim yil intensiv yapon tili o'rganadi.
Bu muddatda yapon tilining asosiy ko'nikmalari chuqur o'rganiladi va uning usullari quyidagicha keltirilgan:
- Videodasrliklar va sinfda o'tiladigan rolli o'yinlar (AI);
- amaliyot payti nutqni rivojlantiruvchi zamonaviy ta'lim uslublaridan foydalanish.
Sinfga yig'ilib yapon tilida og'zaki nutqni rivojlantirish mashqlari (darsda mashq qilingan yapon tilidagi gaplarni darsdan tashqari talaba o'zining qo'l telefoni yoki komyuteri orqali AI nutqni rivojlantirishga qaratilgan vosita orqali takroran mashq qila oladi)
Ushbu texnologiyadan to'liq foydalanadigan zamonaviy ta'lim usullari samarali natijalar berib kelmoqda.