Hujjat topshirish

Hujjat topshirish muddati:

2021-yil, 18-may soat 18:00gacha

"Japan Digital University"2021/2022-o’quv yili uchun 1-qabulni boshladi.
Hujjat topshirish haqida batafsil
Left
Right
Hujjat topshirish 2020/2021-o'quv yili qabuli
Hujjat topshirish muddati: 2021-yil, 18-may soat 18:00gacha
JDU 2021/2022-o’quv yili uchun 1-qabulni boshladi.
Japan Digital University
JDU yapon tili va IT muhandislik mahoratini mukammal o’rganib, Yaponiya universiteti va O’zbekistonning davlat universiteti ilmiy darajasini qo’lga kiritish imkoniyatini beradi. Shuningdek, universitet tamomlanayotgan davrda, talabani Yaponiyaning nufuzli kompaniyalariga ishga joylashishi uchun tavsiya qilishgacha bo'lgan mas'uliyatni oluvchi har ikki davlatdagi rasmiy universitet hisoblanadi. Bunda universitetni tamomlab Yaponiyada IT muhandis sifatida yuqori daromadli ishda faoliyat yuritib, u yerda erishilgan "nou-hau" hamda ushbu tajriba davomida orttirilgan ijtimoiy aloqalardan foydalangan holda, O’zbekistonga qaytib ularni tadbiq qilsa bo'ladigan va muvaffaqiyatga erishiladigan rejani taklif qilamiz.

O’zbekiston kelajagi bo’lgan aziz talaba! O’zbekiston hamda Yaponiya hukumat vakillarining sa’y-harakati mevasi o’laroq yuzaga kelgan yurtimizdagi ilk raqamli universitetga xush kelibsiz!
Bu yerga faqat universitet emas, balki imkoniyatlar to’plangan, orzular ro’yobga chiqadigan joy sifatida qarashingizni so’rayman. Bu universitetning talabasi bo’ldingiz degani, allaqachon global miqyosdagi mutaxassis bo’lib yetishish uchun birinchi qadamni qo’ygansiz deganidir.

O’zbekiston rivoji uchun chet elda ta’lim olgan va o’sha yerdagi ish tajribasiga ega kadrlar juda ham zarur. Yaponiya esa oxirgi yillarda aholining kamayishi muammosiga duch kelmoqda va natijada ishchi kuchining yetishmasligi yuzaga chiqmoqda. Xususan, IT muhandislariga bo'lgan talab juda ham yuqori bo’lib, bunday mutaxassislarga O’zbekistonning o’zida ham katta ehtiyoj mavjud. Shuning uchun, har biringizda bu universitetda o’qib, bitirganingizdan keyin Yaponiyaning nufuzli korxonalarida ishlab, u yerda olgan malaka va ko’nikmalaringiz orqali keyinchalik O’zbekistonning rivojlanishiga ham hissa qo’sha olishdek sharafli imkoniyat mavjud. Bu jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun, biz universitetda faqat nazariyalarni o’qitish emas, balki yapon kompaniyalarining amaliyotdagi ishlarida qatnashgan holda ta’lim olish imkoniyatlarini yo’lga qo’ydik.

Men shaxsan o’zim 10 yildan oshiq Yaponiyada yashadim. Hammangizga ma’lumki, Yaponiya ajoyib va o’ziga xos madaniyatli mamlakat hisoblanadi. U yerda muvaffaqiyatli faoliyat olib borish uchun sizdan maxsus malaka va ko’nikmalar talab qilinadi. Men o’zimning tajribamdan foydalangan holda, har biringizga o’z maqsadlaringizga erishishda yordam berishga tayyorman va ishonamanki, biz birgalikda ajoyib natijalarga erishamiz.

Ravshanbek Mamajonov
Universitet rektori
JDUning 8 ta afzalligi
IT-muhandis bo'lib yetishish
Kelajakda dunyo miqyosidagi biznesmen sifatida faoliyat yurita oladigan, IT muhandisligi soha mutaxassislarini yetishtirish.
Ikki tomonlama diplomni qo'lga kirit
Bir vaqtning o'zida O'zbekistonda tan olinadigan JDU diplomi hamda Yaponiya universiteti diplomini qo'lga kiritish (Ikki tomonlama diplomga istak bildirilsa va bu tasdiqlangansa) mumkin.
Yaponiyada ishga joylashish imkoniyati
Yaponiyada ishga joylashish va yuqori maoshda ishlash, nou-hau va aloqalarni qo'lga kiritgandan so'ng esa O’zbekistonga qaytib biznes yarata olish.
Yuqori sifatli ta'lim
Yaponiya universitetlarining yuqori sifatli ta’lim dasturi va yapon tilini o'qitish hamda qo'llab quvvatlash tizimi.
O'quv kampusda ta'lim olish
Toshkentdagi O'zDJTUning o'quv kampusida ta'lim olish imkoniyati.
O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi hamkorlik
Ikki davlat o'rtasida professional hamda do'stona hamkorlikni o'rnatish, tajriba almashish va IT rivojiga hissa qo'shish.
Universitetda o'qib turib ishlash imkoniyati
Ikkinchi kursdan boshlab internet orqali Yaponiyadan berilgan ishlarni bajarib, ushbu daromad bilan o'qish pulini to'lay olish imkoniyati.
O'qish davomidagi ta'lim puli davlat universitetlari qatoridagi xalqchil narxda
O'qish xarajatlarining bir qismini o'qishni bitirib bo'lgach, Yaponiyada ishga joylashgandan keyingi daromaddan bo'lib to'lash mumkin bo'lgan reja tayyorlangan bo'lib, o'qish jarayonida to'lanadigan o'qish puli miqdori davlat universitetlari darajasida arzon bo'ladi.
Universitetning tashkil topish tarixi
2019-yilning oxirlarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev janobi oliylari Yaponiyaga tashrif buyurganida, loyiha sifatida shakllandi.
Bosh vazir o'rinbosari janob Sardor Umrzoqov tomonidan universitetga nom tanlab berildi.
Shundan so’ng, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4553 sonli qarorida universitetni tashkil qilish masalasi belgilandi.
Ochilish marosimida Yaponiyaning favqulodda va muxtor elchisi janob Fujiyama, JETROning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Takahashi hamda O'z.R. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakillari qatnashishdi va tabrik so'z yo'llashdi.
Universitet O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi "Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universitetini tashkil etish to'g'risida"gi 762-sonli qarori asosida tashkil etildi.

Yangiliklar

Bizni tavsiya qilishadi
Yoshinori Fujiyama
Yaponiyaning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi
Men Yaponiyaning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fujiyama bo'laman. "Yaponiya raqamli universiteti (JDU)"ning tashkil topishi va 2020-yilning oktabr oyidan yangi talabalar qabulining boshlanishi munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
JDU bu Yaponiyaning IT sohasiga oid universitet ta'lim dasturini O'zbekistonda bo'lib turgan holatda onlayn tugatish va Yaponiya talabalari bilan bir xil ilmiy darajani qo'lga kiritishni yo'lgan qo'ygan universitetdir.
Hozirda, Koronavirusning butun dunyo bo'ylab tarqalib ketishiga parallel ravishda, O'zbekistonda ham IT vositalarini qo'llagan holda uydan turib ta'lim olish doimiy yo'lga qo'yilmoqda. Aynan JDU g'oyasini kelajak ta'lim shaklini oldindan yo'lga qo'ygan ajoyib loyiha deb aytsak ham bo'ladi.
O'zbekistonning iqtidorli yoshlari Yaponiyaning zamonaviy va ilg'or oliy ta'limini o'rganib, Yaponiyadan boshlab butun dunyo miqyosidagi faoliyatni maqsad qilishadi. Mana shunday ajoyib loyihani amalga oshirgan "Digital Knowledge" kompaniyasiga chuqur hurmatimni izhor qilmoqchiman. Ushbu loyiha bizning mamlakatimiz va O'zbekiston o'rtasidagi o'zaro aloqalarni mustahkamlash uchun katta hissa qo'shadi. Yaponiya elchisi sifatida JDUning yanada rivojlanib borishini tilab qolaman.

Alisher Abidjanov

O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori

O'zbekistonda Yaponiya Raqamli Universitetining tashkil etilishi munosabati bilan kirish so'zini yozish men uchun mamnuniyat va sharafdir. Tinchlik, taraqqiyot va farovonlik uchun oliy ma'lumotning ahamiyati haqida gap ketganda, biz turli tillarda gaplashsakda, maqsadlarimiz yagonadir. Barchamiz aynan bir sayyorada yashayotganimiz sababli dunyodan yakkalanib qolish uchun hech qanday yo’l yo’q. Haqiqatdan ham biz keng qamrovli xalqaro hamkorlik va insonlarning boshqa madaniyatlar, mamlakatlar va fikrlash tarziga ochiq bo'lishini istasak hamda dunyo xalqalari bilan aloqalarimizni mustahkamlashni xohlasak, ta'lim eng yaxshi vosita bo'ladi degan fikrdaman.
Yuqorida aytib o'tilgan g'oyalarga misol sifatida Yaponiya Raqamli Universitetini keltirish mumkin. Uni tashkil etish to'g'risidagi kelishuv O'zbekiston Prezidentining 2019-yilda Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida amalga oshirildi. Mazkur ta’lim muassasasi mamlakatimiz yoshlariga jahon standartlariga mos darajada ta'lim olish, malakali mutaxassislar tayyorlash va soha bo’yicha yetuk kadrlarni yetishtirish, shuningdek global ta'limni rivojlantirishga o’z hissasini qo'shadi.
O'zbekistonda Yaponiya Raqamli Universitetining ochilishi munosabati bilan biz yosh avlodning buyuk kelajagiga olib boradigan yo'lni kutmoqdamiz va ko'rmoqdamiz.
Hiroyuki Torigoe

Otemae universiteti rektori

Masofaviy o'qitish orqali O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan o'zaro aloqa o'rnatganimiz men va Otemae universiteti uchun katta xursandchilikdir. Garchi O'zbekiston va Yaponiya geografik jihatdan juda uzoq bo'lsa ham, men ko'ngilarimzi qo'shni bo'lishini juda xohlayman.
Otemae universiteti beshta fakultetga ega bo'lgan, o'rta sig'imli umumiy universitet hisoblanadi. Ulardan biri zamonaviy sotsiologiya fakulteti ichidagi onlayn o'qiladigan yo'nalish bo'lib, unda turli sohalar bo'yicha o'qish imkonini yaratish uchun harakat qilinmoqda. Biroq, bitiruvga qadar darslarni faqat uskunalar orqali olish emas, balki o'qish orqali yangi odamlar bilan tanishish va shu vaqtgacha bilmagan madaniyat hamda jamiyat tuzilmalari haqida chuqur o'ylash ham muhim deb o'ylayman. Men har bir davlat va millatning o'ziga xosligini qadrlagan holda o'zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni shakllantirib borishni oliy ta'limning eng katta vazifalaridan biri deb ishonaman. Kelingizlar, bir-birimizga nisbatan shunday ishonchga ega bo'lgan holda, ta'lim olish joyini yanada mukammallashtirib boraylik.
Taiki Kimura
Yaponiya Ta'lim Fondi

Tokio aloqa universiteti ijrochi direktori

Yaponiya raqamli universiteti (JDU)ning tashkil etilgani bilan tabriklayman.
Tokio onlayn universiteti 2018-yilda internet orqali o'qiladigan mutlaqo yangi masofaviy universitet sifatida ochildi. Har Har safar 15 daqiqalik video-ma'ruzalar bo'lganligi sababli, o'qimoqchi bo'lgan talabalar, vaqt va joy haqida umuman qayg'urmasdan, o'zlari xohlagandek o'rganishlari mumkin bo'ladi. So'nggi yillarda chet elda yashaydigan talabalar soni ko'payib bormoqda va biz o'qishga bo'lgan ehtiyojlar butun dunyo bo'ylab umumiy ekanligini his qilmoqdamiz.
Bizning universitetimizda ikkita fakultet mavjud. Biri Axborot menejmenti fakulteti bo'lib, unda axborot texnologiyalari va menejment bo'yicha amaliy ko'nikmalarni egallab, axborot jamiyatining har bir sahnasida faol rol o'ynay oladigan mutaxassis bo'lib yetishish maqsad qilinadi. Ikkinchisi esa Inson farovonligi fakulteti bo'lib, unda tobora murakkablashib borayotgan tibbiyot va farovonlik sohalarida shaxs va jamiyatga oid muammolarga yechim beradigan keng qamrovdagi bilim va ko'nikmalar qo'lga kiritiladi. Shu bilan birgalikda, axborot texnologiyalaridan unumli foydalangan holda ijtimoiy muammolarni kashf etib, ularning yechimini topish uchun faol kirisha oladigan mutaxassislar yetishtirilmoqda.
Men bu safargi JDU loyihasiga nisbatan ishonch bilan qarayman va uning O'zbekiston hamda Yapnoniya oliy ta'limlari o'rtasidagi ko'priq vazifasini o'tashini chin dildan tilab qolaman.
Ma'lumot to'ldirish shakli
Ism:
Familiya:
E-mail:
Telefon:
Biz haqimizda qayerdan eshitdingiz?
Savolingiz:
("Yuborish" tugmasini bosish orqali siz Japan Digital University dan xat olishga rozilik bildirasiz)
Made on
Tilda