O'qish to'lovi va u bo'yicha yordam tizimi

2022/2023-o'quv yili uchun o'qish to'lovi
Yillik umumiy 61 600 000 so'm
Ushbu to'lov quyidagi ikkita qismdan iborat:
  • 1-qism. Odatdagi davrda to'lanadigan o'qish to'lovi: 12 600 000 so'm

    O'qishga kirishga shartnoma qilingan vaqt va 6 oydan keyin, ya'ni yilda 2 marta bo'lib to'lanadi.

  • 2-qism. "JDU qarz tizimi"dan foydalanib to'lash mumkin bo'lgan o'qish to'lovi: 49 000 000 so'm
    "JDU qarz tizimi" (quyida keltirilgan)dan foydalanish orqali kechiktirib to'lash mumkin bo'lgan o'qish to'lovi.
Eslatmalar:
※2021/2022-o'quv yili talabalarini ham o'zi ichiga olgan holda 2022-yil oktabrdan boshlangan o'qish to'lovi.
※1-qism: odatdagi davrda to'lanadigan o'qish to'lovini yilda 2ga bo'lib to'lash bo'yicha ham murojaat qilishingiz mumkin.
※Ushbu yilgi o'qish to'lovi tizimiga kiritilgan o'zgartirishlar bo'yicha, o'tgan yilgi "O'zbekiston bilan bog'liq o'qish to'lovi" "1-qism. Odatdagi davrda to'lanadigan o'qish to'lovi"ga, "Yaponiya bilan bog'liq o'qish to'lovi" esa "2-qism. "JDU qarz tizimi"dan foydalanib to'lash mumkin bo'lgan o'qish to'lovi" degan nomlarga o'zgartirildi.
JDU qarz tizimi
"JDU qarz tizimi" nima?

<O'qishga qabul qilinganlik kvotasiga qarab, foydalana oladigan tizimlar farq qiladi>


Yaponiyada ish topishni maqsad qilgan iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash uchun, Yaponiya tomondan beriladigan kapitaldan foydalangan holda, o'qish to'lovini ustama foizlarsiz qarzga to'lab beradigan 2 ta tizimdir. Faqatgina O'zbekiston rezidentlari foydalanishlari mumkin bo'lib, bu imkoniyat chet el fuqarolariga taqdim qilinmaydi.



① Talabalar kelajakda o'z daromadlaridan qaytarib to'laydigan, JDU tomonidan beriladigan qarz
(Daromadni taqsimlash shartnomasi)
O'qish davomidagi cowork amaliyot fanlaridan olingan daromadning bir qismi, shuningdek, universitetni bitirgandan keyingi daromadning bir qismini yo'naltirish orqali o'qish to'lovini qaytarish tizimi.
Talabalarda ish bajarish qobiliyati va loyihaviy ishni amalga oshirish ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida, Yaponiyadan turib berilgan buyurtma ish bo'yicha, o'quv kampusida bir necha kishilik jamoa bilan birgalikda ishlab o'rganiladigan va shu orqali haqiqiy daromad olish mumkin bo'lgan “Cowork" amaliy mashg'ulot fani yo'lga qo'yilgan.

Ushbu fan bo'yicha darslarda qatnashish orqali, amalda daromad topish mumkin bo'lib, ushbu daromadning 60 foizini ta'lim to'lovini qaytarish uchun ajratish mumkin.

Cowork amaliyot fanining muddati sifatida o'qishga kirgandan 1,5 yil o'tgandan boshlab bitiruvga qadar bo'lgan muddat rejalashtirilgan.

Foydalanishga misol: 2-4-kurslar davridagi 3 yil mobaynida "Cowork" amaliyot fani bo'yicha bir kunda o'rtacha 4 soat ishlab, ijobiy natijalarni ko'rsata olgan talabalar, universitetda o'qish davrining o'zidayoq barcha o'qish pulini to'liq to'lab qo'yishlari mumkin bo'ladi (Natijalar yuqori bo'lsa, real holatda o'qish to'lovi yukidan xalos bo'lish mumkin).


O'qish davomida qarzning qaytara olinmagan qismi bo'yicha, universitetni bitirib ishga kirgandan keyin, bitirgan paytdagi qoldiq qarzga ustama to'lovlari qo'shilgan summani qaytarish kerak bo'ladi.

② Hamkorlikdagi bank,
<Asia Alliance bank>tomonidan beriladigan foizsiz kredit
Birinchi yillik o'qish to'lovi uchun hamkorlikdagi bank, <Asia Alliance bank> tomonidan beriladigan foizsiz kredit tizimi.
Ushbu tizim B kvotaga imtihondan o'tgan (o'qishga kirgan) talabalarning 1-yillik o'qish to'lovi uchun tadbiq qilinadigan kredit berish tizimidir.


Hamkorlikdagi bank, <Asia Alliance bank> beradigan kredit haqida tushuntirilgan material>

Kerakli hujjatlarni quyidagi PDF link orqali ko'zdan kechiring.

Hamkorlikdagi bank, <Asia Alliance bank> beradigan kredit haqidagi material.


※Yuqoridagi kredit haqidagi materialda keltirilgan kerakli hujjatlardan tashqari, Japan Digital University tomonidan beriladigan tavsiyanoma ham zarurdir.

※Ariza topshirishning batafsil usuli haqida, o'qishga kirishga ariza topshirilgandan so'ng ma'lumot beramiz.

※Kredit berish yoki bermaslik hamkorlikdagi bankning qaroriga bog'liq bo'ladi. Hamkorlikdagi bank, <Asia Alliance Bank> tomonidan kredit ajratishga ruxsat berilmasa, ta'lim to'lovini talabalar tomonidan odatdagi vaqtda amalga oshirish kerak bo'ladi.

Qabul qilingan kvota va foydalana olinadigan "JDU qarz tizimi"
"JDU qarz tizimi" bo'yicha foydalana oladiganlar soni cheklanganligi sababli, imtihon natijalarini e'lon qilish vaqtida ko'rsatiladigan quyidagi qabul qilinganlik kvotasiga qarab, foydalana olinadigan tizim farq qiladi.