O'qishga qabul qilinganingizdan so'ng, 1-semestr davomida yapon tiliga ixtisoslashgan kurslar o'rgatiladi. Undan so'ng, Yaponiya universitetining darslarini o'rganish orqali, yapon tilini professional ravishda ishlata oladigan darajada o'rgana olasiz.
Siz Toshkentdagi Japan Digital University'ning asosiy kampusiga har kuni qatnay oladigan joyda yashashingiz kerak. Agar Toshkent shahrida yashamasangiz bizda talabalar yotoqxonasi ham mavjud.
Ha, Yaponiyada ham, O'zbekistonda ham davlat tomonidan tan olingan diplomni qo'lga kiritasiz. O'zbekistonda yashab turib, texnologiyalarni ishlatgan holda Yaponiyadagi universitetning darslarini o'rgana olasiz. Shu bilan bir vaqtda, O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetiga ro'yxatga olinasiz va shu universitetning diplomiga ega bo'lasiz. Bu degani bir vaqtning o'zida siz 3 ta diplomga ega bo'la olasiz )
Japan Digital University Yaponiyaning universitetini tamomlash imkonini beradi. Siz bakalavr darajasini rasman tan olingan Yaponiya universitetida olasiz. Shu bilan birga, O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetining diplomini ham qo'lga kiritasiz. Xulosa qiladigan bo'lsak, bir vaqtning o'zida siz Japan Digital University, Yaponiya universiteti va O'zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti diplomlarini qo'lga kiritasiz.
O'qish davrininh umumiy muddati quydagicha:
・4,5 yillik ta'lim kursi (Yapon tili ta'limi 6 oy + Yaponiyaning universitet darslari 4 yil)
Universitetni bitirgunga qadar, darsni o'zlashtira olmaslik sababi bilan kursdan kursga qolish holatlarida bir yoki yarim yil takroran o'qish kerak bo'ladi.
Darslar jadvali dushanbadan shanbagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida reja qilinadi. Agar siz darslarda to'liq qatnasha olsangiz, darsdan tashqari vaqtda ishlash muammo bo'lmaydi. Yaponiyada raqobat juda rivojlangan, rivojlangan mamlakatda muvaffaqiyatga erishish uchun tinimsiz mehnat va biroz mashaqqat chekishingiz kerak bo'ladi. Shu sababli o'qish kunlari boshqa universitetlarga nisbatan ko'proq.
Afzalliklar:
O'zbekistonda bo'lib turib, Yaponiya universitetining darslariga qatnasha olasiz.
Bir vaqtda O'zbekistondagi universitetning diplomiga ega bo'lish imkoniyati bor.
Ishga joylashishda va o'qish to'lovlarida qo'llab-quvvatlaymiz.
Yaponiyaga kelishingiz yoki kafillikka oluvchi shaxs talab etilmaydi.
Yaponiya universitetlariga kirish uchun JLPT N2 va N1 darajalari kerak. Lekin, JDU da N3 yoki N2 darajalariga ega bo'lishdan oldin o'qishga kira olasiz.
Kontrakt to'grisida quyidagi ilova orqali batafsil tanishsangiz bo'ladi: kontrakt.
Japan Digital University kirish imtihonlari onlayn formatda bo'lib o'tadi.
Quyidagi hujjatlar jdu.uz saytidagi "hujjat topshirish sahifasi" orqali topshiriladi: ・Pasport nusxasi (yuz surati aks etgan sahifa);
・"JLPT" va "NAT test" sertifikati nusxasi (agar mavjud bo'lsa)
・(Grant xohlovchilar uchun) Fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish organ (Mahalla)lar tomonidan beriladigan kam ta'minlanganlik to'g'risidagi ma'lumotnoma ・Shahodatnoma(yoki litsey, kollej diplomi) va baholar kiritilgan ilovani kiriting. *2023-yil bitiruvchi sinf oquvchilari 9-sinf shahodatnomasi va uning ilovasini kiriting
Hujjat topshirish onlayn amalga oshiriladi. Ya'ni, bizning saytimiz jdu.uz orqali maxsus shaklni to'ldirishingiz kerak bo'ladi.
Hujjat topshirish onlayn bo'ladi. Ya'ni bizning saytimiz jdu.uz da maxsus shaklini to'ldirishiz kerak bo'ladi.
Ta'lim Japan Digital University'ning binosida bo'lib o'tadi. Manzil: Toshkent, Alixon To'ra Sog'uniy ko'chasi, 44-uy
Darslar Yaponiyada eng aktual sohalardan biri bo'lgan IT muhandislik bo'yicha olib boriladi. Universitet asosiy maqsadi o'z talabalarini Yaponiya kompaniyalariga ishga yuborish bo'lganligi bois, ayni vaqtda dasturchi muhandis yo'nalishi bo'yicha ta'lim beriladi. Keyinchalik boshqa yo'nalishlarni ham qo'shish reja qilingan. http://jdu.uz/education/#years
Ta'lim dasturi yapon tilida va o'zbek tilida shakllangan.
Majburiy emas, IELTS bo'lsa kirish imtihonlarida ball qo'shiladi.
Ha, 2-kursdan boshlab Cowork amaliy mashg'uloti reja qilingan. Cowork amaliy mashg'ulotida talabalar jamoa bo'lib Yaponiyadagi kompaniyalardan har xil ishlarni qabul qilib, birgalikda ish qilishadi. Bu amaliy mashg'ulot darslardan biri hisoblanadi. Cowork amaliy mashg'uloti orqali ishlab topilgan pul bilan ta'lim to'lovini to'lash imkoniyati ham mavjud.
Ha, bor! Har yili ijtimoyi himoyaga muhtoj 10 nafar talaba kirish imtihonlari orqali saralanadi va ularga o'sha yilning o'qish to'lovi bepul qilib qilinadi. Bunda, talabalar birinchi yilda kirish imtihoni natijalariga va keyingi yildan boshlab esa universitetdagi ko'rsatkichlariga qarab tanlab olinadi. Shuningdek, Universitetimizda davlat tomonida ajratiladigan grant ham mavjud bo'lib, kirish imtihonlarida eng yuqori natija ko'rsatgan abituriyentlarga taqdim etiladi. Ushbu grant universitetning to'lov miqdorini to'liq qoplaydi. (Davlat grantining asosiy o'qishni tamomlagandan so'ng O'zbekiston davlat hisobidagi idoralarda 5yil mobaynida faoliyat yuritish hisoblanadi)
Ha. Japan Digital University afzalliklaridan biri bu- bitirish arafasida Yaponiya kompaniyalariga ishga joylashishda talabaga yordam berishdir.
IT muhandisi sifatida o'qitish uchun siz ozgina bo'lsada matematikaga oid bilimga ega bo'lishingiz kerak.
Yaponiya ish bozorida, kompaniyalarga ishga kirishda, universitetni endi bitirgan yosh bitiruvchilarga alohida ustuvorlik beriladigan tizim mavjud. Japan Digital University bitiruvchilari shu ustuvorlikdan foydalana olishlari va muvaffaqiyatli ravishda ishga kira olishlari uchun yosh cheklovi joriy qilingan.
Maktab programmasi darajasida bo'ladi. Matematika imtihoni darajasi davlat test markazi standartiga mos qilib tuzilgan.
Yo'q. Ko'p darslar oflayn bo'ladi, ularni orasida onlayn o'quv materiallardan foydalaniladi.
O'qituvchilar Yaponiyadagi qaysi hamkor universitetga kirishga qarab farq qiladi. Misol uchun Tokyo onlayn universitetida quyida IT sohasidagi yetuk professorlar jamoasi keltirilgan. https://www.internet.ac.jp/faculty/teacher/
1 guruhda 25 nafar talaba bo'lishi reja qilingan.
Yo'q. Boshlang'ich darajadan darslar yo'lga qo'yilgan, lekin matematikadan bilim kerak bo'ladi.
Ha. Ta'lim to'lovi sahifasidan ko'rishingiz mumkin.
O'zbek va yapon tillarida bo'ladi.
Ha, faqatgina Coworkingdagi vazifalar to'liq yapon tilida bo'lgani hamda bevosida yapon kompaniyalari tomonida onlayn tarzda vazifalar berilgani sababli, 4-semestrga qadar yapon til bilimi darajasi N3 sertifikatini qo'lga kiritishingiz kerak bo'ladi.
ingliz yoki yapon tilini bilim darajasini tasdiqlovchi sertifikatingiz bo'lsa, albatta kirish imtihonlarida ijobiy ta'sir qiladi
Ehtimoldan holi emas. Lekin, IT muhandis bo'lish uchun ham matematika zarur hisoblanadi. Kirish imtihoni natijalari umumiy ravishda hisobga olingan holda chiqariladi.
Davlat oliygohlari bilan bir hil vaqtda
Ha, kirish imtihoni vaqtida, maqsadlar haqidagi yozma bayonotda albatta keltirib o'ting.
Ha, variantli test bo'ladi.
Yo'q, universitet o'qituvchilari o'zbek tilini bilishmaydi. Dars vaqtida auditoriyada bo'lib yordam berib turuvchi fasilitator xodimlar o'zbek tiliga tarjima qilishlari mumkin.
Hozircha yo'q.
Qo'shimcha ish yo'q. Lekin, kovoking jamoaviy amaliyot darsida Yaponiyadagi korxonadan olingan ish vazifalarni bajarib, daromad olish imkoniyati bor.
Universitetni bitirgan vaqtda ishga joylasha olmasa, bitirgandan so'ng 2 yil mobaynida JDU ish o'rinlarini tanishtirishda davom etadi.
Hozirda rejamizda yo'q.
Asosan dasturlash sohasida muhim rol o'ynaydigan bilim va texnologiyalarni o'rganadi.
JDU hamkorlari hisoblangan Yaponiya korxonalari bilan tanishtirib, ishga joylashish imtihoni topshiriladi.
O'zbekistondan turib Yaponiyadagi universitetlarda o'qiladi.
O'zbekistonga qaytish majburiy emas. Lekin, JDU loyihasining asosiy maqsadi talabalar Yaponiyada turli tajribalarni orttirgandan so'ng O'zbekistonga qaytib, davlatning rivojlanishiga hissa qo'shishlaridir.
Bor.
Bu bo'yicha veb-saytimizdagi universitet nizomida ko'rishingiz mumkin.
Iltimos, arizani to'ldirish orqali so'rov yuboring yoki biz bilan ko'rsatilgan telefon raqami orqali bog'laning. Biz sizning so'rovlaringizga javob berishdan va kerakli ma'lumotlarni taqdim etishdan mamnun bo'lamiz.