Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga 2019-yil rasmiy tashrifi bilan ushbu universitet ochilishi uchun ilk tamal toshi qo'yildi. Qisqa vaqt ichida ko'plab yutuqlarga, real natijalarga erishdik.
Bitiruvchilarimiz allaqachon Yaponiyaning CAL Co., Ltd, IB system, Digital Knowledge kabi IT kompaniyalarida ish boshlashdi. Shuningdek, talabalarimiz Yaponiya IT kompaniyalarda amaliyot o'tab kelmoqda.
Bu bizning kelajak maqsadlarimiz uchun qo'yilgan ilk qadamlarimiz!
2025/2026
Shoshiling! Joylar soni cheklangan!
2025/2026-o'quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi!
JDU
Biz Japan Digital University (JDU) talabalarini Yaponiya kompaniyalariga tanishtiramiz. Bu ish bilan shug'ullanuvchi Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan "JDU bandlikni qo'llab-quvvatlash markazi" ham mavjud
"Talabalar Yaponiyada qanday ishga joylashtiriladi ?" deysizmi?
  • Siz:
    Bu markaz qanday ishlaydi ?
    JDU support:
    Yaponiya kompaniyalariga JDU talabalari haqida ma'lumot berib, talabalar mehnat xizmatlarini kompaniyalarga taklif qilib borish, shuningdek markaz Yaponiyaga kelgan JDU bitiruvchilariga Yaponiyada ishga joylashishlarida ko'mak berishi ko'zda tutilgan
  • Siz:
    Markaz Tokioni qayerida joylashgan ?
    JDU support:
    Ushbu markaz universitet ta'sischisi Digital Knowledge Co.Ltd binosida joylashgan.
  • Siz:
    Markaz faoliyati qachondan boshlangan ?
    JDU support:
    2024-yildan boshlandi
Biz Yaponiyaning Japan Digital University (JDU) universiteti talabalari bilan Yapon kompaniyalarini tanishtiramiz.
Yaponiyada "JDU bandlikni qo'llab-quvvatlash markazi"
JDU Ishga joylashishga ko‘maklashish markazi Tokio

JDU bitiruvchilari va amaliyot uchun Yaponiyaga kelgan JDU talabalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Tokio shahrining Akihabara hududida "JDU Ishga joylashishga ko‘maklashish markazi Tokio" tashkil etildi.

JDU talabasi yoki bitiruvchisi sifatida Yaponiyaga kelganingizda qiyinchiliklarga duch kelmasligingiz uchun turli xil yordam xizmatlarini taqdim etamiz. Yaponiyaga ishonch bilan keling!

JDU Ishga joylashishga ko‘maklashish markazining vazifalari:
  • Ishga joylashish yoki amaliyot uchun Yaponiyaga kelganingizda ichki harakatlanish va boshqa muhim masalalarda yordam berish.
  • Har qanday qiyinchilik yuzaga kelganda maslahat berish.
  • Yaponiyada ishlayotgan JDU bitiruvchilari uchun turli tadbirlarni rejalashtirish va tashkil qilish.
  • JDU talabalari uchun Yaponiyadan ish qidirish jarayonini qo‘llab-quvvatlash.
JDU Ishga joylashishga ko‘maklashish markazi Tokio
📍 Manzil:
〒110-0005
Yaponiya, Tokio, Taito-ku, Ueno 5-3-4
e-Learning Lab Akihabara
(Digital Knowledge Co., Ltd. binosi ichida)
O'qituvchilarimiz hamda talabalarimiz universitet ravnaqi va kelajagi uchun har doim xizmatda. Biz bu yutuqlarga birgalikda erishdik !
Yutuqlarimiz
"Yapon tilida notiqlik san'ati" tanlovi Resbuplika hamda O'rta Osiyo g'olibligi
Hamkorliklar
Xorij hamda mahalliy kompaniyalar bilan hamkorliklar
Yaponiyada amaliyot
Talabalarimiz Yaponiyaning turli kompaniyalarida amaliyot o'tab kelmoqda
Daromadli co-working
Talabalarimiz yil davomida turli daromadli loyihalar bajarib kelmoqda

Aloqa ma'lumotlarimiz

Iltimos, arizani to'ldirish orqali so'rov yuboring yoki biz bilan ko'rsatilgan telefon raqami orqali bog'laning. Biz sizning so'rovlaringizga javob berishdan va kerakli ma'lumotlarni taqdim etishdan mamnun bo'lamiz.
O'zbekistan, Toshkent, Alixon To'ra Sog'uniy ko'chasi, 49-uy
© JAPAN DIGITAL UNIVERSITY. Barcha huquqlar himoyalangan.