«Filologiya va tillarni o'qitish (yapon tili)» yo'nalishi
«Turizm» yo'nalishi
*Bitiruvchilarga JDU diplomi taqdim etiladi *Darslar Davlat standartlari asosida yapon tiliga urg`u berilgan holda olib boriladi *Yaponiyaga ishga borishni xohlagan talabalar o`zlari mustaqil holda JDUda yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin bo`ladi. *O'qish 4 yil davom etadi.
* "IT management" fakultetida talabalar 3-semestrga qadar umumiy boʻlgan asosiy IT kurslari bo'yicha tahsil oladilar.
4-semestrdan boshlab talabalar oʻzlarining ixtisoslashgan yo'nalishlari boʻyicha o'qishni boshlay oladilar.
2024/2025-o'quv yili uchun qabul shartlari
1. 11 yillik maktab, litsey yoki kollej bitiruvchilari; (2024 yil bitiruvchilari) 2. 2024-yil 1-oktabrda yoshi 17 dan 23 gacha bo'lganlar. 3. Japan Digital University'ni bitirib, Yaponiyada ishlamoqchi bo'lganlar.
- Yuqoridagi talablarga javob bergan holda, kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tgan abituriyentlar JDU talabasi bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi. - Abituriyentlardan universitetga kirish imtihonida qatnashish uchun yapon tilini bilish talab qilinmaydi. - Japan Digital University'da rus tilidagi ta'lim turi hozircha mavjud emas. - Yuqoridagi talablarga rioya qilmagan holda hujjat topshirgan abituriyentlarga, imtihonga kirish mumkin emas!
Japan Digital University'da 2024-2025 o'quv yili uchun "Qabul" jarayonlarining imtihoni onlayn tartibda bo'lib o'tadi. Abituriyentlar imtihon topshirish uchun maxsus taqdim etilgan ID orqali o'z shaxsiy kabinetlariga kirishi va belgilangan muddat ichida platformadagi barcha vazifalarni bajarish lozim.
*Imtihon topshirish uchun kompyuter yoki smartfon va internet muhiti kerak bo'ladi.
Kirish imtihoni uchun to'lov Abituriyentlar uchun yangilik - endi imtihon topshirish uchun to'lanadigan to'lov(100 ming so'm), 100% universitet hisobidan moliyalashtiriladi ya'ni hamma abituriyentlar uchun imtihonni topshirish bepul 100 000 so'm(Ushbu to'lov olinishining asosiy sababi, Japan Digital University'ga o'qishga kirmoqchi bo'lgan abituriyentlar imtihonini maxsus platforma yordamida topshiradilar. Abituriyentlardan olingan imtihon uchun to'lov maxsus platformani moliyalashtirish uchun sarflanadi.)
To'lov usuli:
Payme, Click yoki bank xisob raqami orqali. *To'lov qilish uchun ma'lumotlar hujjat topshirilgandan so'ng SMS xabari orqali jo'natiladi.
To'lov muddati
Hujjat topshirgandan so'ng, 24 soat davomida imtihon to'lovini amalga oshirish tavsiya etiladi! *Hujjat topshirgan abituriyentlar soniga qarab, qabul muddatidan oldin tugashi mumkin!
"Yuzni aniqlash tizimi" onlayn imtihon uchun foydalaniladi.
※Yuqorida "Yuzni aniqlash tizimi" tasvirining misoli. Tizimdagi yozuvlar rus tilida aks etadi.
"Yuzni aniqlash tizimi" foydalanuvchi tomonidan oldindan taqdim etilgan shaxsiy rasmi bilan foydalanuvchining imtihon paytida shaxsiy moslamasining kamerasi orqali tasvirga olinadigan yuz tasvirini sun'iy intellekt yordamida o'xshashligini bevosita aniqlaydigan elektron tizimdir. Bu tizimdan onlayn imtihonda ishtirok etayotgan talabaning aynan o'zi qatnashayotganligini tekshirish uchun foydalaniladi. *Bu tizim orqali imtihonga kirayotgan shaxs elektron tizimdagi foydalanuvchi bilan haqiqatdan mos kelishi lozim.
- Sinov imtihoni boshlangan sanadan so'ng, avval yuz tasvirini aniqlash uchun ro'yxatdan o'tishingiz talab qilinadi!
Matematika fanidan bo'ladigan imtihondan oldin talabalar "Yuzni aniqlash tizimi" yordamida tekshiruvdan o'tishadi.
・Biz Yaponiya bozorida kadr sifatida ta'lim oladigan va IT sohasida jamiyatning rivojlanishiga hissa qo'sha oladigan kadrlarni yetishtiramiz. Buning uchun maqsad sari intilib, katta rejalar qo'yib o'z ustida ishlab, katta ishtiyoq bilan harakat qilishi, davomiy bilimlarni egallashi zarur bo'ladi.
・Ushbu kirish imtihoni, Yaponiyadagi universitet kirish imtihonlarida foydalaniladigan mazmunlarni ham o'z ichiga oladi. Shuningdek maktabda o'rganilgan bilimlarning o'zi bilan to'liq ballar to'play olish tizimida tuzilmagan. Ballar o'zaro baholash mezonida bo'lib, yuqori ball to'plaganlardan tanlanib olinadigan uslubda bo'ladi.
Kirish imtihoniga ariza topshirishda kerakli ma'lumotlar va topshiriladigan hujjatlar
・F.I.SH. (lotin tilida); ・Doimiy yashash joyi to'liq ・Mavjud telefon raqam(muhim ma'lumotlar sms tarzida yuboriladi) ・Elektron pochta manzili (Agar mavjud bo'lsa); ・Tug'ilgan sana (kun, oy, yil); ・Yosh; ・Oxirgi bitirgan ta'lim muassasasi haqida ma'lumot (ta'lim muassasasining nomi).・Shahodatnoma (yoki litsey, kollej diplomi) va baholar kiritilgan ilovani kiriting. *2024-yil bitiruvchi sinf oquvchilari 9-sinf shahodatnomasi va uning ilovasini kiriting
- Hujjat topshirish vaqtida kerak bo'lmasada, imtihondan muvaffaqqiyatli o'tgandan so'ng quyidagilarni topshirish kerak bo'ladi:
- Umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim (maktab, kollej va litsey)ni bitirganlik guvohnomasi hamda baholar kiritilgan ilova;
*2024 yil bitiruvchilari (maktab, kollej va litsey)ni bitirgandan so'ng topshiradilar
- Tibbiy ma'lumotnoma («№086» shakl);
2024/2025
*Hujjat topshirishdan oldin, universitet shartlari bilan tanishib chiqing!
Shoshiling! Joylar soni cheklangan!
Iltimos, arizani to'ldirish orqali so'rov yuboring yoki biz bilan ko'rsatilgan telefon raqami orqali bog'laning. Biz sizning so'rovlaringizga javob berishdan va kerakli ma'lumotlarni taqdim etishdan mamnun bo'lamiz.