Tokyo online university

Japan Digital University
Rektor tomonidan murojaat
Zamonaviy jamiyatda faol bo‘lishni istagan barcha insonlar uchun ta’lim olish imkoniyatini taqdim etamiz.
Tokio Onlayn Universiteti — bu o‘qishga ishtiyoqi kuchli bo‘lsa-da, joy (hudud), vaqt yoki moliyaviy cheklovlar tufayli an’anaviy kunduzgi universitetga qatnab o‘qiy olmaydiganlar, shuningdek, allaqachon bakalavr darajasiga ega bo‘lsa-da, chuqurroq bilim olishni, kelajak jamiyatida zarur bo‘lgan “axborot” va “ijtimoiy farovonlik (fukushi)” sohalaridagi bilimlarni egallashni istaganlar uchun mo‘ljallangan, internetdan foydalanishga asoslangan zamonaviy universitetdir.
Universitetimizdagi ma’ruzalarni smartfon yoki kompyuter orqali istalgan joyda va istalgan vaqtda tinglash mumkin. Har bir dars taxminan 15 daqiqalik videolardan iborat bo‘lgani sababli, vaqtini to‘liq ajrata olmaydigan ishbilarmonlar uchun ham kredit olish (ya’ni, darslarni o‘zlashtirish) osondir.
Axborot boshqaruvi fakultetida axborot texnologiyalari va menejment (boshqaruv) ilmini o‘zlashtirib, korporativ faoliyatda yangilanishlar kiritishga qodir mutaxassislar yetishtiriladi.
Ijtimoiy farovonlik fakultetida esa, nafaqat ijtimoiy xodim kabi malaka olish, balki kelajak jamiyatida ijtimoiy muammolarni hal eta oladigan, ijtimoiy farovonlikning keyingi avlod vakillari tayyorlanadi.
Universitetimiz COVID-19 pandemiyasi boshlanishidan ancha avval, onlayn ta’limga asoslangan amaliy o‘quv tizimini ishlab chiqqan edi. Bu yerda zamonaviy ta’lim olgan ko‘plab talabalar bugungi kunda jamiyatda faoliyat yuritmoqda.
O‘qishga bo‘lgan intilish va jamiyatda faol bo‘lishga bo‘lgan istakka ega barcha yoshlarga universitetimiz eshiklari ochiq. Barcha o‘qituvchi va xodimlar sizni kutib olishdan mamnun bo‘ladilar.
Ta’lim — har doim va har kim uchun yangi yoshlikni olib keladi.
Keling, universitetimizdagi ta’lim orqali o‘z kelajagingizni birgalikda quraylik!
Tokio Onlayn Universiteti rektori
Professor
Muraoka Yoichi

AQShning Illinoys Universitetida Kompyuter fanlari bo‘yicha doktorantura dasturini tamomlagan. Kompyuter fanlari bo‘yicha fan doktori (Ph.D.).
Egallagan lavozimlari:
  • Yaponiya Telekommunikatsiya korporatsiyasi (hozirgi NTT) Elektron aloqa ilmiy-tadqiqot institutida ma’lumot uzatish uslublari laboratoriyasi boshlig‘i,
  • Vaseda Universiteti Texnika fakulteti professori,
  • Vaseda Universiteti rektor o‘rinbosari,
  • Yaponiya Fanlar Akademiyasi a’zosi,
  • Axborotni qayta ishlash jamiyati vitse-prezidenti.
Hozirda — Vaseda Universitetining faxriy professori.
Ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari
"Tushlik vaqtida o‘rgangan bilimimni o‘sha kunning o‘zida ishda qo‘llay oldim."
Aynan shunday, o‘qiganingiz zahoti ishda yoki kundalik hayotda darhol qo‘llash mumkinligi — Tokio Onlayn Universiteti darslarining eng katta xususiyatlaridan biridir.
Onlayn ta’lim kundalik hayotda oddiy holga aylanayotgan bir paytda, universitetda "nima o‘rganasiz" degan savol eng muhim hisoblanadi.
Tokio Onlayn Universitetida "yuqori malakali IT mutaxassislari" va "ijtimoiy farovonlik sohasida faol bo‘luvchilar"ni tayyorlashga qaratilgan o‘quv dasturi mavjud.
Bundan tashqari, siz o‘qiyotgan soha bilan bog‘liq yoki o‘zingiz qiziqqan boshqa yo‘nalishlarda ham bilim olishingiz mumkin. Bu sizga karyera o‘sishi, ish o‘zgartirish yoki sertifikat olish yo‘lida yordam beruvchi keng ko‘lamli bilim va ko‘nikmalarni taqdim etadi.
Yosh ham, jins ham, kasb ham muhim emas.
Smartfon yoki kompyuter orqali 24 soat davomida, Yaponiya bo‘ylab yoki hatto xorijdan ham o‘qish mumkin.
Tokio Onlayn Universitetining bu moslashuvchan ta’lim uslubi sizning intilishingizni kuchaytiradi.
Bu sizni rivojlantirib, hayotingizda olg‘a intilish uchun kuch manbaiga aylanadi.
Zamonaviy jamiyatda faol bo‘lishni istagan har bir inson uchun.Ta’lim olish imkoniyatini ochuvchi onlayn universitet.
Darslarning o‘ziga xos xususiyatlari
Media ta'limni qo‘llab-quvvatlash markazi
Har bir darsda universitetning ta'limni qo‘llab-quvvatlash tashkiloti bo‘lgan Media ta'limni qo‘llab-quvvatlash markazi ishtirok etadi. Darsda ishlatiladigan slaydlar markazning o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan uchinchi tomon nuqtai nazaridan tekshiriladi va keyin darsni yozib oladi.
Universitetning maxsus studiyasida yozib olish
Jamiyatning tezkor o‘zgarishi sharoitida, dars mazmuni ham universitetning maxsus studiyasida yozib olinib, doimiy ravishda yangilanmoqda.
ADDIE modelini amaliyotga tatbiq etish
Ta'lim dizayni (Instructional Design) da ishlatiladigan "ADDIE modeli"ni amaliyotda qo‘llaymiz. Bu butun dunyo bo‘ylab ta'limni loyihalash va yaxshilashning samarali usuli bo’lib, doimiy ravishda o‘quv materiallari va ta'lim muhitlarini takomillashtirib kelmoqdamiz.
Darsning mazmuni bo‘yicha qiziqish bildirgan talabalarga yanada chuqurroq ma'lumot olish imkoniyatini yaratish maqsadida, manba va qo‘llanma kitoblari keltirilgan.
Manbalar va qo‘llanma materiallarini taqdim etish
Har semestrda talabalar so‘rovnomasi o‘tkaziladi. So‘rovnoma natijalariga asoslanib, dars mavzularining ko‘rib chiqilishi va boshqa takomillashtirishlar amalga oshiriladi.
Talabalar so‘rovnomasini o‘tkazish
Bizning universitetda darsliklar yoki matnlar mavjud emas.
PDF formatidagi ma'ruza materiallarini bepul yuklab olish mumkin, shuning uchun istalgan vaqtda va istalgan joyda ularni tekshirishingiz mumkin.
Dars materiallarini yuklab olish
Necha marta bo’lsa ham darsga
qatnashishingiz mumkin
Taxminan 15 daqiqalik video darslarni 4 marta tomosha qilganingizdan so‘ng, onlayn kichik test bo‘ladi.
Siz 3 marta urinish imkoniyatiga egasiz va shu orqali o‘zingizning o‘rganilgan bilimni qanday tushunganingizni tekshirishingiz mumkin.
Kichik testlar yordamida bilimni tekshirish
Barcha ma’ruza videolari bir vaqtning o‘zida taqdim etilmaydi, balki ma’lum davrlar oralig‘ida bosqichma-bosqich joylanadi.
Belgilangan dars jadvaliga mos ravishda, ortiqcha zo‘riqmasdan o‘rganish imkonini beruvchi bu taqsimot, sizda tabiiy ravishda muntazam ta’lim olish odatini shakllantiradi.
Rejalashtirilgan tarzda e'lon qilinadigan
ma'ruza videolari
An'anaviy kunduzgi universitetlardan farqli o'laroq, darslar taqdimoti muddati davomida tushunmagan joylaringizni tushunishingiz uchun necha qayta-qayta o‘rganishingiz mumkin.
Shuningdek, qayd qilish uchun video darslarni to’xtatib turish yoki orqaga qaytarish imkoniyati mavjud.
Axborot boshqaruvi yo‘nalishi
Kurs haqida ma'lumot

IT va axborot tizimlari kursi
Dasturlashning asoslaridan amaliy tizimlarni ishlab chiqishga qadar tizimli o‘rganish. 5G texnologiyasi va generativ sun'iy intellektning paydo bo‘lishi kabi rivojlanib borayotgan IT (axborot texnologiyalari) sohasini chuqur tushunishni o‘rganasiz. Kompaniyalarning ish jarayonlari va turli mahsulotlar hamda xizmatlarning raqamli transformatsiyasi (DX), bulutli texnologiyalar va IoT (Internet of Things) ni qo‘llash kabi sohalarda IT tizimlarini joriy etish va ulardan foydalanishning muammolarini tahlil qilish, rejalashtirish, loyihalash va ishlab chiqishda yetakchilik qiladigan mutaxassislarni tayyorlaymiz.
Hozirgi IT jamiyatida dasturlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish orqali faoliyat yuritish imkoniyatlari kengaymoqda. Ushbu kursda dasturlashni yangi boshlayotganlardan tortib, yuqori darajadagi o’rganuvchilargacha mo‘ljallangan fanlar jamlangan. Yangi boshlovchilar uchun dasturlash umumta'lim fanlari sifatida o‘rgatiladi. Mutaxassislik fanlarida avvalo Java orqali dasturlash asoslari o‘rgatiladi, undan so‘ng esa Python dasturlash, xavfsizlikni hisobga olgan dasturlash, veb dasturlash, hamda elektronika bilan bog‘liq dasturlash kabi amaliy fanlar orqali chuqur bilim beriladi. Bu darslar tinglovchilarning tajribasiga qarab moslashtiriladi.
Shuningdek, darslardan tashqari onlayn tarzda o‘tkaziladigan dasturlash bo‘yicha o‘quv seminarlarida qatnashish orqali boshqa talabalar va o‘qituvchilar bilan aloqalarni mustahkamlash mumkin. Dasturlash orqali universitetdagi bilimlaringizni chuqurlashtirib, jamiyatda faol ishtirok eta oladigan mutaxassis bo‘lishga intiling.
Dasturlash orqali jamiyatda faol ishtirok eta oladigan mutaxassis bo‘lishga harakat qiling.
Yusuke Nakatani
Axborot boshqaruvi fakulteti professori

O‘qituvchidan murojaat

JDU da mas’ul maslahatchi
Men JDUda Tokio Onlayn Universiteti bo‘yicha mas’ul maslahatchi – Nanbu Shunsuke bo’laman.
Tokio Onlayn Universitetida axborot menejmenti, dasturlash, axborot xavfsizligi kabi IT muhandisiligi uchun zarur bo‘lgan turli sohalarga oid fanlar mavjud. Talabalar bu fanlarni yapon tilida o‘rganmoqdalar.
Mening vazifam – ularning Tokio Onlayn Universiteti kreditlarini muvaffaqiyatli olishlari va muammosiz bitirishlari uchun yordam berishdir. Aksariyat talabalar yapon tilini o‘rganish bilan birga universitetning kreditlarini ham muvaffaqiyatli olishmoqda. Bu esa, murakkab mavzularni ham sodda va tushunarli qilib tushuntirib bera oladigan Tokio Onlayn Universiteti o‘qituvchilari xizmatining samarasidir. Talabalar shunday qilib egallagan ko‘nikma va bilimlarini mening darslarimda ajoyib taqdimotlar orqali namoyon etishmoqda.
JDUda Tokio Onlayn Universitetidan tashqari yana bir nechta hamkor universitetlar mavjud bo‘lib, talabalar oldida turli yo‘llar ochiladi. Bitirish oson emas, ammo bitirganlardan keyingi yo‘l ancha barqaror bo‘lib, ular Yaponiya kompaniyalariga ishga kirganlaridan keyin ham kuchli mutaxassis bo‘lib tarbiyalanib borishadi. Biz esa 4-5 yil davomida birga mehnat qilishga tayyor bo‘lgan safdoshlarni kutmoqdamiz. Agar sizda ishtiyoq bo‘lsa, albatta JDUga keling!
Tokio Onlayn Universiteti bo‘yicha mas’ul maslahatchi

Nanbu Shunsuke

JDU talabalarining dars jarayoni
• Amaliy dasturlash
• Data Structures va Algortimlar
• Sistema dizayni
• Serverlarni o'rnatish va sozlash
• Axboror xavfsizligi
• Menejment strategiyasi
• Business Data analizlari
• Sun'iy Intellektga kirish

Ushbu fanlar bo'yicha darslar o'tiladi.
Kampus haqida ma’lumot

Tokyo, Osaka va Nagoya vokzallari yonidagi kampuslardan ham foydalanish mumkin!

O‘qishga qatnash shart bo‘lmagan holda bitirish — Tokio Onlayn Universitetining katta afzalliklaridan biridir, biroq markaziy vokzallar yaqinidagi kampuslardan ham foydalanish mumkin.
Ushbu 3 hududdagi kampuslarda kutubxonalar mavjud. Wi-Fi tarmog‘i bilan ta’minlanganligi sababli, ularni mustaqil o‘qish uchun ham ishlatish mumkin.
2025/2026
Hujjat topshirishdan oldin, universitet shartlari bilan tanishib chiqing!
Shoshiling! Joylar soni cheklangan!
O'quv yili uchun qabul !

Aloqa ma'lumotlarimiz

Iltimos, arizani to'ldirish orqali so'rov yuboring yoki biz bilan ko'rsatilgan telefon raqami orqali bog'laning. Biz sizning so'rovlaringizga javob berishdan va kerakli ma'lumotlarni taqdim etishdan mamnun bo'lamiz.
O'zbekistan, Toshkent, Alixon To'ra Sog'uniy ko'chasi, 49-uy
© JAPAN DIGITAL UNIVERSITY. Barcha huquqlar himoyalangan.
Fikr-mulohaza shakli
Ushbu shaklni yuborish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlanishiga rozilik bildirasiz.